Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə80/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
MarkaziyOsiyodamanixeizm. Manixeizmning tarqalishida Erondan sharqda joylashgan o’lkalar, sobiq Parfiya yerlari hamda Markaziy Osiyo tayanch maydoni bo’lib xizmat qildi. VIII-IX asrlarga kelib xuddi shu o’lkalar orqali Moniy dini Sharqiy Turkiston (Turfon podshohligi), Sharqiy Osiyo bo’ylab keng tarqaldi.

Uyg’ur, turkiy, so’g’diy, parfiya tillaridagi ko’plab yozma yodgorliklar manixeizmning ham Buyuk ipak yo’li bo’ylab yoyilib, xalqaro din darajasiga yetganligidan dalolat beradi.

Manixeizm Sosoniylar davlati bilan bir qatorda Kushon imperiyasida ham tarqalgan edi. Bu haqda ko’plab tarixiy yozma manbalar guvohlik beradi. Moniy dini Markaziy Osiyo o’lkalari bo’ylab III asrdan to XV asrgacha o’z jamoalariga ega bo’lib kelgan. Bu dinning tarqalishi va taqdiri haqida Abu Rayhon Beruniy shunday deydi: «Moniy da’vatini qabul qilganlarning qoldiqlari islom shaharlarining biror joyida jam bo’lishlari mumkin bo’lmaydigan darajada tarqalib ketganlar. Islom mamlakatidan tashqarida esa, sharq turklarining, Xitoy, Tibet aholisining aksari, hindlarning ba’zilari Moniy diniga e’tiqod qiladilar».

Markaziy Osiyoda manixeizmning yirik markazlari Marv va Samarqandda bo’lib, bu dinning sharqda keng tarqalishida ushbu markazlarning mavqesi katta edi.

Olib borilgan ko’plab tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Moniy hayotlik paytida uning jamoasi vakillari Marvda, Kushon imperiyasi chegaralarida bo’lganlar. Manixeizmning Sharqdagi birinchi targ’ibotchisi Mar Ammo hisoblanadi. Sharqiy Turkistondan topilgan manixeizmga oid ikki hujjat shundan darak beradiki, Moniy o’z ta’limotini Erondan sharqda yoyishni juda ham orzu qilgan. Shu maqsadda o’z missionerlarini Sharqning turli o’lkalariga jo’natgan. Bu hujjatlarning birida ko’plab monaviy missionerlarning Marvdan Zammga (hozirgi Turkmenobodga yaqin) jo’natilganligi haqida gapiriladi. Ikkinchi hujjatda esa, Mar Ammoning Xurosonga, Kushon chegaralari yaqiniga aynan Moniyning o’zi tomonidan uning ta’limotini yoyish uchun yuborilganligi haqida xabar berilgan. Unda aytilishicha, Mar Ammoning yo’lini ilohiy pari Bag Ard (Xuroson chegaralarining ruhi) to’sib turganligi va uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Xurosonning barcha darvozalari unga ochilganligi tilga olinadi.

Mazkur yodgorliklarning birinchisida monaviy missionerlarining So’g’ddagi faoliyatlari haqida gap boradi. Balki Sharqiy Turkistonga ham ular orqali manixeizm kirib borgandir. Hujjatlarning ikkinchisi III-IV asrlardagi Baqtriya va undagi manixeizmning holati haqida xabar beradi.

Parfiya manixeizmiga oid bir qator yodgorliklar xabar qilishicha, monaviylar bilan buddistlarning Eron va Hindiston chegaralarida yaqin aloqada bo’lganlar. VI asrning o’zida Balx va uning atrofida tarqalgan monaviy jamoalar yuz yillardan beri mavjud edi.

Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, VI asrda manixeizm jamoalari Balxda mavjud bo’lgan. Lekin bu hujjatlar Kushon Baqtriyasida bunday jamoalarning borligi haqida asosli ma’lumot bermaydi. Biroq, monaviy jamoalarining Kushon imperiyasi hududlariga shu davrda kirib kelganliklari haqidagi taxminlarni ham inkor etmaydi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin