Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə100/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Hanafiya mazhabi. Mazhab eponimi Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (699-767) hisoblanadi. Ammo mazhabni shakllantirishda uning o’quvchilari Abu Yusuf (v. 798 y.) va Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniylarning (v. 804-05 y.) xizmati kattadir. Umumislomiy masalalarda mazhablar o’rtasida katta farqlarni uchratmasakda, shu bilan birgalikda, konkret xususiy masalalarning qariyb hammasida mazhablar o’rtasida o’ziga xos qoidalarni uchratamiz. Shu sababli boshqa mazhablar bilan qiyosan hanafiya mazhabiga xos bo’lgan jihatlarni sanab o’tirishga hojat yo’q.

Hanafiya mazhabi, asosan, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Turkiya, Suriya, Iroq, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Rossiya, Jibuti, Eritreya mamlakatlarida keng tarqalgan. Hanafiya mazhabi rivojida O’rta Osiyo (Movarounnahr) faqihlarining o’rni beqiyosdir. X-XII asrlar davomida Yaqin Sharq mamlakatlarida shialik tazyiqi ostida so’nib borgan hanafiy markazlarni Saljuqiylar, Usmoniylar imperatorligi davrida aynan Movarounnahr hanafiylari qaytadan tikladilar. Ular barcha yangi markazlar uchun ustozlar bo’lib qoldilar.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin