Azraqiylar. Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofi’ ibn al-Azraqdir (v. 685 y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo’lgan jihatlar quyidalar:
Xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar;
gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilganlar;
azoriqalardan bo’lmagan musulmonlar, ularning qariyalari, ayol va bolalari qonini to’kishni (istiroda) halol deb hisoblaganlar;
hayz ko’rgan ayollarga ham namoz o’qish va ro’za tutishni farz deb hisoblaganlar;
mayda o’g’rilik uchun ham qo’lni butunlay yelkadan kesib tashlashni buyurganlar.