Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə113/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154
Ja’fariya. Shialikning isna’ashariya firqasidagi imomlardan biri bo’lgan Abu Abdulloh Ja’far as-Sodiq 699 yil Madinada tug’ildi. U Imom Muhammad al-Boqirning o’g’li bo’lib, ota tarafidan nasabi Ali ibn Abi Tolibga borsa, ona tarafidan nasabi Abu Bakr as-Siddiqqa boradi. Yoshligida Ja’far bobosi Zayn al-Obidin qo’lida tarbiya topib, undan ilm oldi. Bobosi vafot etgach, otasining qo’lida ilm olib, keyinchalik zamonasining kuchli olimlaridan biriga aylandi. Otasi 732 yil vafot etgach, ularning xonadoni go’yo Madina dorilfununlaridan biriga aylandi. Kufa, Basra va Hijozdan ko’pgina olimlar kelib, undan ilm olganlar. Abu Abdulloh diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan olimlardan edi. U islomda birinchilardan bo’lib falsafa yo’nalishiga asos solgan. Bundan tashqari fiqh, hadis, kalom ilmlarida ham peshqadamlardan bo’lgan.

Ja’fariya mazhabining o’ziga xos tomoni shundaki, ularda qiyos bilan fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi, hadislardan faqat Payg’ambar xonadonidan bo’lgan Ahl al-Bayt rivoyat qilganlarigina qabul qilinadi. Bundan tashqari ularda mut’a va taqiya halol deb hisoblanadi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin