Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə13/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Rigveda. Rigvedaning qadimiy hindlar madaniyatida shuningdek, umumhind-yevropa madaniyatidagi o’rnini tushunish uchun kitobning asli paydo bo’lish tarixiga nazar solish lozim. Oriy qabilalarining ko’chib kelishlari ko’p asrlarga cho’zilgan va juda keng miqyosni qamrab olgan uzoq jarayon bo’lgan. Rigvedada bu qabilalarning Hindistonga ko’chib kelishlaridan oldingi harakatlari haqida aniq esdaliklar uchramaydi. Ammo oriylar bu yerda birinchi paydo bo’lganlarida ularda faqatgina jang aravalari emas, balki xudolarga aytilgan, ularning jangovor ruhini qo’llab quvvatlagan, ularning dushman ustidan g’alaba qilishlari, shon-shuhrat, boylik, erkak avlod qoldirish, taraqqiy etish uchun bo’lgan intilishlarini aks ettirgan madhiyalar ham bor edi. Bu madhiyalar ruhoniy oilalarida og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga uzatildi. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi Avesto bilan juda hamohang afsona va marosimlar bor. Ba’zi noaniq afsonaviy shaxslar bu ikki manbani bir-biri bilan qiyoslash yordamida ayon bo’ladi.

Rigveda yagona asar, to’plam sifatida Hindiston hududida, asosan, Panjobda, Hind daryosi havzasida mujassam bo’ldi. Hindiston tarixi bo’yicha qadimiy sana hisoblanmish mil. av. VI asr buddizmning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Vedalar esa undan ancha avval qayd etilgan. Shunday qilib, Rigveda Shimoliy Hindistonda mil. av. ikkinchi-birinchi ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma’lumot beruvchi yagona manba bo’lib qolmoqda. Bu yodgorlik juda noyob bo’lganligi sababli u faqat o’zini-o’zi sharhlaydi.

Veda – «muqaddas bilim», Rigveda – «madhiyalar vedasi» ma’nolarini beradi. Veda o’sha davrda yashagan insonning o’zi va uni o’rab turgan olam: xudolar, jin-shaytonlar, fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum, milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimning barchasini o’z ichiga oladi. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to’plami, ya’ni, diniy yodgorlik bo’lib, uning mualliflari, rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og’dirish bo’lgan. Ular madhiyalarni kuylab xudolarni maqtaganlar, ularning qahramonlik va sharaflarini ulug’laganlar, ularni qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so’ng ulardan oriylarni qo’llab-quvvatlash hamda hayot farog’atlarini ato etishlarini so’raganlar. Xudolarga ta’cir etishning eng asosiy yo’li – ularga madhiya aytish bo’lgan. Rigveda qadimgi yunon dostonlari «Iliada» va «Odisseya»ning birgalikdagi umumiy hajmiga teng keladi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin