Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə15/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Vedalar ta’limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Hindiston ko’pxudolikning o’chog’i hisoblanadi. Undagi tasavvurlarda qator biri ikkinchisidan yuqori bo’lgan, ikkinchisi, aksincha, pastroq bo’lgan ilohiyatlar siymosi namoyon bo’ladi. Biroq, bu darajalar to’xtovsiz almashib turadi. Ilohiyatlar orasida «eng ulug’i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi» bo’lmay, ular barchasi ulug’likda tengdir. Eng yuqori hokimiyat ham ko’pchilikka tegishli. Bir vaqtning o’zida bir xudo butun borliqning hukmdori bo’lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo’lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo’lgan bir paytda, Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo’ysunadilar. Xuddi shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishli. Bu belgi veda ilohiyotiga ham xosdir.

Veda xudolari. Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.

Osmon xudolari.Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin