Dinning ibtidoiy shakllari


Tyanьtay yoki Tenday yo’nalishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə31/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Tyanьtay yoki Tenday yo’nalishi. Bu nom shunday deb atalgan bir ibodatxona nomi bilan bog’liq. Mazkur yo’nalishning ilk va ko’zga ko’ringan vakillaridan biri monax Chji-I bo’lgan. Chji-I ta’limotiga ko’ra, bu dunyodagi hamma narsa haqiqiy emas, ular faqat bo’shliqdan iborat bo’lib, vaqtinchalik mavjuddir. Mana shu asosga binoan u xulosa qiladiki, olamdagi barcha narsa yolg’iz mazmundadir. Budda hatto mayda qum zarrachalarida ham mavjud bo’lishi va oxirida esa har bir insonning hayoti Budda hayotining bir qismi bo’lishi mumkin.

Ushbu ta’limotni Chjanь-Janь (711-782) maktabining 9-patriarxi rivojlantirib, shunday xulosaga keldi: Budda hamma joyda, hamma narsada, hattoki jonsiz narsalarda ham mavjud bo’lib, ularda Budda-tabiatning bir bo’lagi mavjud.

Tyanьtay yo’nalishi o’z tarafdorlari orasida katta obro’ga ega bo’lgan va XIV asrga qadar mavjud bo’lgan. Xitoyda, yuqoridagilardan tashqari, ko’plab mayda sektalar ham mavjud bo’lgan. Ular orasida mamlakat tarixida muhim ahamiyat kasb etgan «Chanь» va «Tantrizm» yo’nalishlarini alohida qayd etish o’rinli.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin