Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə32/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
Tantrizm Hindistonda birinchi ming yillik o’rtalarida vujudga kelib, keyinchalik Xitoyga ham o’tgan. Buddizmning ushbu yo’nalishi VIII asrga kelib juda taraqqiy topdi. Bunga mazkur yo’nalishning uch mashhur patriarxlari Hindistondan kelib faoliyat olib borishlari sabab bo’ldi. Tantrizm mustaqil hamda ta’sirchan yo’nalish sifatida Xitoyda uzoq qolmadi.

Chanь-Buddizm. Mazkur yo’nalishning nomi sanskrit tilidagi «dxiana» (meditatsiya, fikrni jamlash) so’zidan kelib chiqqan. Hindistonda vujudga kelgan dxiana buddizm maktabi tarafdorlari vaqti-vaqti bilan tashqi olamdan uzilib, ushbu abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlash ta’limotini ilgari surganlar. Bu ishda kishi, haqiqatan ham, trans holatiga tushadigan bo’lsa, bu orqali haqiqatga erishish dxiananing oliy maqsadi hisoblanadi.

Dxiana ta’limotining Xitoydagi ilk namoyandalari Dao-Anь hamda Xuey-Yuanьlar edilar. Ular dxianasutralarini xitoy tiliga tarjima qilib meditatsiyani amaliyotga joriy qilganlar. Meditatsiya amaliyoti eng shuhrat qozongan davriga Xitoyda birmuncha kechroq erishdi. Bu narsa «Chanь» sektasining muvaffaqiyatlari bilan bog’liq. Biroq, shuni aytish kerakki, Chanь meditatsiyasi hind dxianasidagi meditatsiyaning oddiy takrori, aynan rivojlangan shakli emas. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, mazkur ta’limot hind buddizmiga qarama-qarshi ta’limot sifatida vujudga kelgan. Darhaqiqat, Chanь yo’nalishi Xitoy buddizmining boshqa oqimlariga qaraganda ko’proq Xitoyga xosroq. Uning asosiy g’oyasi quyidagicha: kishi tumanli, xira nirvanaga intilishi zarur emas, faqatgina kelajak haqida qayg’urish qachondir Bodxisatva yoki Buddaga aylanishni va mana shuning uchungina o’zini hamma narsadan mahrum qilishi befoyda. Inson ayni vaqtda, shu onda yashamog’i hayotdan u bera olishi mumkin bo’lgan narsalar imkon qadar olib qolmog’i lozim.

Lamaizm buddizmning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug’» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo’nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.

Lamaizm Tibetda VII-XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo’lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo’linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo’g’ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddizmning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiznirvanaga yetishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi.

Lamaizmning an’anaviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, ko’pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g’azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor. Lamaizmga ko’ra, lamalarga va dunyoviy hokimlarga so’zsiz bo’ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avatara, ya’ni ma’buda Tsagan-Daraexening yerdagi ko’rinishi, deb e’lon qilganlar.

Lamaizm ta’limotiga ko’ra, odam o’ldirish, o’g’rilik, yolg’onchilik, tuhmat, g’iybat, bekorchi so’zlash, ochko’zlik, kek saqlash, zino qilish – o’nta «og’ir gunoh» sanaladi. Gunoh qilishdan o’zini tiyish insonga eng yaxshi qayta tug’ilishga imkon beradi.

Lamaizm yo’nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug’ilgan mavjudotlarning eng ulug’i, bodxisatva Avalakiteshvaraning yerdagi ko’rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma’nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug’ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo’lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjantso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug’ilgan. Uning o’limi bilan yerda yangi Dalay-Lama paydo bo’ladi. Oliy lamalardan tashkil qilingan hay’at uning o’limidan so’ng bir yil mobaynida yangi tug’ilgan go’daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. Shundan so’ng go’dak monastirda (xonaqohda) tarbiyalanadi. U voyaga yetgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi.

Lamaizm diniy hayotining markazini monastir tashkil qiladi. U yerda Dalay-Lama, Lamalar diniy uyushmasi, rohiblar, talabalar faoliyat olib boradilar.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin