Oila va nikoh tushunchasi. Konfutsiychilik Xitoyda oila masalalariga hal qiluvchi ta’sir o’tkazdi. Konfutsiychilik ta’limotiga ko’ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfutsiychilar urf-odatlariga ko’ra, avlodlar o’z ajdodlari ruhi oldida qilishlari kerak bo’lgan barcha marosimlarni o’z o’rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Xitoyda ilk Chjou va Inь davrlarida o’tganlar ruhlari tiriklar uchun madad bo’lishi kerak deb e’tiqod qilinsa, Konfutsiy ta’limoti buning aksini, ya’ni tiriklar o’tganlar oldida qarzdordirlar degan g’oyani ilgari surdi. Konfutsiy o’zidan oldin jamiyatda mavjud bo’lgan o’tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman o’zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o’tganlarni rozi qilish, ularga xizmat qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g’oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o’z ajdodlari oldidagi qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |