Sintoizm bayramlari. Sintoizmning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir. Bu bayram ba’zi ibodatxonalarda yilda bir marta, ba’zilarida esa ikki marta nishonlanadi. Ko’pincha bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig’ib olish, shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy xudoga bag’ishlangan sana bilan bog’liq bo’ladi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda o’tadi. Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy ibodatga keladigan kishilarni emas, barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko’p odam to’planib, ular katta tantanalar bilan o’yin-kulgu qiladilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko’rinishida o’tadi.