Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav oqimidagi diniy mansablar.Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo’linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy (svyaщennik), 3) yepiskop.
Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. U mustaqil hech qanday ibodatni boshqara olmaydi, balki faqatgina ruhoniy yoki yepiskopga ibodat marosimini o’tkazishda yordam bera oladi, xolos. Uni ruhoniylik sirliligiga (tainstvo) yepiskop qabul qiladi. Katta diakonlar protodiakon, rohib diakonlar ierodiakon, katta ierodiakonlar arxidiakon deb ataladi.
Ruhoniy (svyaщennik) yoki ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi hisoblanadi. U boshqalarni ruhoniylikka bag’ishlash va cherkov suvini muqaddaslashtirishdan boshqa barcha sirli marosimlarni bajara oladi. Kichik ruhoniylar ierey, katta ruhoniylar protoierey va eng katta ruhoniylar protopresviter deb nomlanadi.
Yepiskop yoki arxierey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular ma’lum bir shahar, oblast cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan kattaroq yepiskoplar arxiepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
Dostları ilə paylaş: |