Presviterpanlik. Presviterianlik kalьvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo’lib, (yunoncha eng eski) mo’’tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim juda sodda, ibodat paytida va’z aytiladi, birgalashib duolar o’qiladi va diniy qo’shiqlar kuylanadi. Presviterning mav’izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilingan, boshqa oqimlarda asosiy ibodat qo’shig’i hisoblangan «din ramzi» va «otche nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Presviterianlar diniy ta’limotining asosiy aqidalari «Vestminster» kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo’lib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonishdan iborat.
Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presviterchilarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyalar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presviterchilarning ko’pchiligi o’zlarining xalqaro tashkiloti – «Presviterchilarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi Jahon reformatsiya cherkovlari alyansi»ga a’zodir. Mazkur alyans 1875 yilda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda Shotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |