Madina davri. Madinalik «ansor» (yordamchi)lar makkalik (muhojir)larni samimiy kutib oldilar. Muhammad payg’ambarning Madinaga ko’chib o’tishi rabi’ al-avvalning 8-kuni, milodiy 622 yil 20 sentyabrda yuz berdi.
Islomning Madinadan keyingi davri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) bo’lib yashay boshladilar. Bu esa o’z navbatida diniy qoidalarning shakllanishini tezlashtirib yubordi. Asta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi. Payg’ambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Avval, murosasiz Avs va Xazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo’, Banu Nadir yahudiy qabilalari bilan o’zaro sulh tuzildi.
Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo’shinlari va makkaliklar o’rtasida Badr jangi bo’ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo’lida joylashgan Badr qudug’i yaqinida bo’lib o’tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g’alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so’ng Umma mavqei Madina ahli orasida beqiyos o’sdi. Shu davrdan boshlab Muhammad payg’ambar yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. Madina ichidagi Payg’ambar muxoliflari munofiqun nomini oldi. Barcha arab qabilalari mushrik deb e’lon qilindi. Ular yoki islom dinini qabul qilishlari yoki ochiq maydonga jangga chiqishlari shart edi. Bu jamoa-davlat qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzish orqali turli arab qabilalari va qabilalar ittifoqlarini o’z hukmiga bo’ysindira boshladi. Bo’ysingan qabilalar har yili jonivorlari hisobidan Madina davlatiga Umma-davlat xarajatlari uchun sadaqa (mol to’lovi) bermoqlari lozim edi. Sadaqa bermaganlarga qarshi harbiy yurishlar tashkil etilardi. O’ljadan to’lovga o’tish (Makkaning fathidan so’nggi davrda) davlatning shakllanishi haqida dalolat beradi.
Yahudiy, xristian va sobi’larahlal-kitob mavqeiga ega bo’lishdi. Ular Madina davlati xazinasiga har bir voyaga yetgan erkak boshidan to’lov (jizya) yig’ib berib, o’z ijtimoiy-diniy avtonomiyalarini saqlab qolish huquqiga ega bo’ldilar. Ammo Madina davlatining asosiy muxolifi Makka jamoasi bo’lib qolaverdi. Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim g’alabalardan biridir.
Makka fathidan (630 y.) so’ng islom davlati Arabiston yarim orolida to’la g’alabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g’oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi, chunki shundan so’ng musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yetakchi davlat va siyosiy kuchga aylandi.
Shu bilan bir qatorda Madina diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladilar. Diniy masalalarga oydinlik kiritishga yahudiy qabilalari bilan bo’lgan mojarolar albatta o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Qiblaning Quddusdan Makkadagi Ka’baga o’zgartirilishi, ahl al-kitobga (yahudiylar, xristianlar, sobiylar) ahl az-zimma (musulmon davlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavqei berilishi va islomda arabiy unsurlarning kuchayishi shu voqealar bilan bog’liqdir. Payg’ambar Umma hayotini ko’p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo’lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahy orqali kiritildi. Bu masalalarda biz Madina davlatini teokratik davlat deb atashimiz mumkin.
11 hijriy yil 12 rabi’ I/632 milodiy yil 8 iyunь kuni Payg’amba
Dostları ilə paylaş: |