Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə11/12
tarix26.11.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#136020
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Shermuxamedova Nozanin KURS ISHI тузатиш киритилди

XULOSA VA TAVSIYALAR

Mamlakatimizda kichik yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli, aniq belgilangan chora- tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda faolyat yuritib borayotgan barcha ta`lim muassasalarida, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilab borishga katta e`tibor qaratilmoqda.


Jajji bolajonlarga ta`lim-tarbiya berishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish va amaliyotda ulardan samarali foydalanish masalalari har bir muassasaning kun tartibida muhim masalalardan biri bo'lib turibdi. Masalaga shu nuqta nazardan qaraganda maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha ta'lim-tarbiya ishlarini bir-biriga uzviy bog'lab borish, biri ikkinchisini to'ldirib turishi, ta`limni eng oddiy ko'rinishlaridan foydalanib bolalarga o'qish, yozishга nisbatan qiziqish va havas uyg'otish masalalari dolzarb sifatida namayon bo'lmoqda.
Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar yechishga orgatish haqidagi bitiruv malakaviy ish mavzusining ilmiy farazini to'g'riligi ishni bajarish davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida o'z isbotini topdi va quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni masalalar yechishga o’rgatish dolzarb pedagogik muammo ekanligi aniqlandi.

  2. Masalalar yechishga o’rgatish mashg'ulotlarining bolalarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmasi shakllanishdagi ahamiyatini belgilash uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatiga ehtiyoj mavjud.

  3. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilishda ―Adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, bolalar masalalar yechishga o’rgatilsa, ularning mantiqiy fikrlashi o’sadi, dunyoqarashi rivojlanadi. Buni men amalgam o’z tajribamda ham sinab ko’rib , buning guvohi bo’ldim.

  4. Masala yechishga o’rgatish ishini asta-sekinlik bilan osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab boorish tamoyiliga tayangan holda masala tuzish ishlari olib borildi, ya’ni bolalar dastlab narsa – predmetlarga qarab, so’ngra ularni tasavvur qilib, rasmga qarab masalalar tuzishni o’rganib borishadi.

Shuni aytish kerakki, dastlabki paytlarda bolalar bunday topshiriqlar bo’yicha mustaqil masalalar tuzishga ancha qiynaldilar. Lekin keyinchalik masala tuzishga o’rgatish ishini ma’lum tizim asosida uzluksiz tashkil qilish natijasida bolalar qiyinchiliklarni bartaraf etishdi. Mustaqil masala yecha olishadigan bo’lishdi.
Maktabga tayyorlov guruh bolalariga yuqori pag’onadagi bilimlarni berish uchun turli yo’llar va vositalar orqali ularning ijodkorligini oshirish kerak. Zero, ― “Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilimdir” deb yozgan edi buyuk A.Q.Tolstoy.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki tarbiyalanuvchilarni hisoblash faoilayatiga o’rgatish va masalalar bilan tanishtirish bosqichma bosqich amalga oshiriladi.
Avval masalar tuzishga o’rgatish. Bolalar arifmetik masala strukturasini o`zlashtirishadi, qo’shish va ayirish amallarini egallagan holda masalaning sharti va savolini ajratadilar. Masalar uchun materiallarni bolalar atrofdagi olamdan olishadi .
Keyingi bosqichda qo’shish va ayirish amallari, bittadan qo’shib sanash va bittadan ajratib sanash usullaridan (oldin 2 sonini qo’shib yoki ayirib, so’ngra 3 sonini qo’shib yoki ayirib) to’g’ri ifodalash.
Masalalr yecgishda bunday ketma ketlik zalur, u hisoblash jarayonini yengillashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish turli yo'nalishlarga ega. Unda eng muhim o'rinlardan birini arifmetik masalalar egallaydi.
Matematik masala bolalarda mantiqiy fikrlash, zukkolik va zukkolikni rivojlantirish vositalaridan biridir. Topshiriqlar bilan ishlashda tahlil va sintez qilish, umumlashtirish va konkretlashtirish, asosiy narsani ochib berish, masala matnidagi asosiy narsani ajratib ko‘rsatish va ahamiyatsiz, ikkilamchi narsalarni olib tashlash ko‘nikmalari takomillashtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni arifmetik masalalarni yechishga o'rgatish uch bosqichda amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun arifmetik masalalarni o'rganish bo'yicha barcha ishlar qat'iy ravishda dastur mazmuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o'qitish va tarbiyalash bo'yicha har bir dasturda "vazifa" tushunchasini shakllantirish uchun vazifalar belgilanadi. Ish bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tizimli, izchil amalga oshirilishi kerak. Dastur talablarini amalga oshirishning asosiy shakli maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg’ulotlardir. Shuningdek, masala va arifmetik amallar bilan tanishish bo‘yicha darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni oshirish maqsadida turli ta’lim faoliyatiga kiritilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida masalalar yechish maqsadiga yo’naltirilgan holda o’rgatish natijasida maktab yoshiga yetgan tarbiyalanuvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

  • Masala strukturasini tushunadigan, uning sharti, savoli, son ma’lumotlarini ajrata oladigan, masalani hikoyadan, topishmoqdan, she’riy maqollardan farq qiladigan;

  • Masalaning son ma’lumotlari orasidagi munosabatlarini tushinish asosida arifmetik amalni ifodalay oladigan, “qo’shish”, “olish” so’zlaridan to’g’ri foydalana oladigan, “ayirish” so’zlarining mazminini tushina oladigan;

  • Qisman ko’rsatma materialga asoslanib, ifodalangan arifmetik amalni bajara oladigan, katta songa kichik sonni qo’sha oladigan, tog’ri hisoblash usullaridan foydalana oladigan;

  • Masalani yechish uchun bajariladigan amallarning zarurligini tushuntirib bera oladigan, isbotlay oladigan bo’lishlari kerak.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin