Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida. O`Zbek tilining taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə3/6
tarix10.06.2022
ölçüsü35,43 Kb.
#116820
1   2   3   4   5   6
Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida.

1.Qarluq lahjasiToshkent, Andijon, Farg`ona, Samarqand, Buxoro shahar shevalari yig`indisi. Bu lahjaga xos xususiyatlar: 1)so`z oxirida k tovushi y tarzida aytiladi: elak-elay, terak-teray, kurak-kuray,bilak-bilay 2) ”o”lashish yuz beradi: aka-oka, Akram-Akrom, bahor-bohor, savob-sovob, boramiz-borovuz,katta-kotta. 3) qaratqich kelishigi o`rnida tushum kelishigi qo`llaniladi: Shavkatning daftari-Shavkatni daftari
2.Qipchoq lahjasi - Samarqand, Jizzax, Qarshi, Surxandaryo, Qoraqolpog`istoning qishloq shevalarini o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) y o`rnida j ishlatiladi: yo`q-jo`q, yo`l-jo`l,yur-jur
2) g` o`rnida v ishlatiladi: tog`-tov, sog`-sov, og’di-ovdi; 3) so’z oxirida k, q tovushi tushiriladi: eshik-eshi, sariq-sari, quruq – quru,kichik-kichi
3.O`g`uz lahjasi – Janubiy Xorazmdagi Urganch, Hazorasp, Xiva, Xonqa, Qo`shko`pir, Shovot tumani va bir qancha shevalarni o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) unlining qisqa va cho`ziq aytilishi farqlanadi: at(hayvon) - a:d (ism), o’t (o’simlik)-o’:d (olov), yaz (yozmoq)-ya:z (fasl) 2) -ga jo`nalish kelishi o`rnida –a, -na; -ning qo`shimchalari o`rnida –ing qo`shimchasi qo`llaniladi: yorimga-yorima, qo`liga-qo`lina, akamning – akaming; 3) so’z boshidagi t o`rnida d , k o`rnida g qo`llaniladi: keling-galing, tog`-dog`, ko’z - go’z.
Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Toshkent va Farg`ona shevalari asos qilib olingan: Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg`ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan.
Adabiy tilning 2 xil shakli mavjud: 1.Og`zaki adabiy til - radio, televideniye tili. 2.Yozma adabiy til - gazeta, jurnal, kitoblar tili. Shevalarning esa faqat og`zaki shakli mavjud.


O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari







Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin