Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy
Imidjni o‘rganadigan imijiologiya fani bo‘lib u estetika bilan ham bog‘liq. Imijeologiya (ing. imij – qiyofa, tasvir, logiya – ta’limot, fan) – 1) odamlarni yoqimli va jozibali bo‘lishga, insonlarga nur va yorug‘lik etkazishga undash; 2) u insonning munosib shaxs bo‘lishga qaratilgan ehtiyojini tashqi jihatdan namoyon etishga yordam beradi. Imijiologiya inson, xodim, rahbardagi yomon illatlarni yo‘qotish, soxta obro‘ orttirayotganlarni fosh qilish, insondagi eng ajoyib ijobiy xislatlarni umumlashtirgan holda go‘zal va barkamol, jozibali, ko‘rkam, istarali, yoqimtoy odam bo‘lishni o‘rgatadi.
Imedjiologiya milliy madaniyatning fundamental an’analariga asoslanadi. O‘z imiji sari intilish, jozibador, xushmuomala bo‘lish inson va jamiyat uchun yoqimlidir. O‘zimizga va boshqalarga yoqmaslik tufayli atrofimizda ko‘pgina muammolarga duch kelishimiz mumkin. Biz o‘z ijobiy imijimizni yaratishda qancha ko‘p muvaffaqiyatga erishsak, xulq-atvorimiz ko‘lami shuncha boy bo‘ladi va odamlarning taassurotlarini shuncha samaraliroq boshqaramiz. Shu sababli odamlarning tashqi tarovati, maftunkorligi sog‘lom turmush tarzining muhim omili, deyish mumkin. Insonning hayotdagi muvaffaqiyatlari ham uning tashqi ko‘rinishi, jozibadorligi, boshqa odamlarga yoqish mahorati bilan uzviy bog‘liq. Vladimir Dal imedjiologiyaning lug‘aviy ma’nosini obraz va chehra tarzida izohlaydi. Uning fikricha, obraz — mustahkam, turg‘un holat, chehra esa — bu shaxsning o‘zgaruvchan tashqi ko‘rinishini ifoda etadi.
Demak, imij-shaxs yoki ijtimoiy tizim haqidagi vizual taassurotdir, u esa nafosatni, go‘zallikni talab qiladi va u har bir inson uchun turmushini go‘zallashtirish uchun, boshqalarga yoqimli taassurot qoldirish uchun, hayotda muvffaqiyatlarga erishmog‘i uchun insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttishi va o‘zini qadrlashi uchun bugungi kunda zaruriyatga aylanib bormoqda.Go‘zallik esa – ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa–hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyatdir. Hozirgi kunda ham sog‘lom avlod deganimizda jismonan sog‘, ma’nan barkamol, zararli ta’sirlardan, illatlardan xoli, sog‘lom fikrli avlodni, go‘zallikning milliylik va tabiiylik kabi aksiologik mezonlari asosida tarbiyalamog‘imiz lozim.
Mavzuga xulosa qilib aytishimiz mumkinki, estetik dunyoqarash falsafiy, axloqiy va boshqa dunyoqarash sohalaridan bahramand bo‘lib, o‘z navbatida ularni ham boyitib turadi. Estetik ehtiyoj faqat moddiy va ma’naviy go‘zalliklardan lazzatlanishinigina emas, balki har qanday amaliyot sohasida narsalarni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda yaratishni, faoliyatga go‘zallikni tadbiq etishni ham bildiradi. Shu bois nafosat tarbiyasini hayot jabhalarining barchasiga-o‘quv, mehnat, ilmiy texnik izlanish, jamoaviy faoliyat jarayonlariga tadbiq etilishi lozim bo‘ladi.Go‘zallikka estetik ehtiyoj har bir insonda (hatto hayvonot olamida) mavjud, lekin insonga haqiqiy go‘zallik bilan go‘zal bo‘lib tuyuluvchini ajrata olishi uchun estetik did tarbiyasi lozim. Estetika fanining asosiy maqsadlaridanbiri ham insonning estetik didini idealini tarbiyalash va uning barobarida jamiyatni go‘zallashtirish, ko‘rkamlashtirish hisoblanadi.