Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy
Badiiy idrok.Hozirgi kunda, yurtimizda kechayotgan yangi innovatsiyalar va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning rivojlantirish jarayonlarida, jamiyatning har bir sohasida yangicha fikrlash, izlanish va ijodkorlik davr talabiga aylanmoqa. Shu jumladan yoshlarni ijodiy potensialini oshirish, yangilikka intilishlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda estetika fani, yoshlarimizning ijod jarayonining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishlarida katta imkoniyatlar yaratadi va ushbu maqsadda ushbu bobda ijodning estetik, ruhiy hissiy jihatlaring ayrim tahlillarini keltiramiz.
Qadimgi yunon mutafakkiri Aflotun haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutgan edi. Tasavvufda go‘zallikning uch asosiy bosqichi; 1-mutloq ilohiy o‘zgarmas go‘zallik, 2- mutloq inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan botiniy, ma’naviy go‘zallik, 3-mutloq go‘zallikaning aksi sifatida namoyon bo‘luvchi narsalar va moddiy olam go‘zalligi. Ushbu tasnifdagi insonning botiniy go‘zalligi-ijodi orqali, inson ma’naviy va moddiy go‘zalliklarni yaratadi. Ijod – ilohiy in’omdir. Ijodda hamma narsa sirli va nomuayyan bo‘lib, u kundalik hayotga xuddi to‘fon yanglig‘ kirib keladi, eskicha qarashlar, qotib qolgan andozalarni ag‘dar-to‘ntar qiladi. Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) — badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod inson faoliyatining shunday o‘ziga xos turiki, bunda his-tuyg‘u, bilim va tafakkur uyg‘unligi asosida moddiy yoki ma’naviy boylik yaratiladi. Bu jarayonda inson ilm-fan va ijod olamida shu paytga qadar ma’lum bo‘lmagan qonunlarni kashf etishi, yangi usul yoki qoida, andoza yoki model ixtiro qilishi, original ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkin. Ma’lumki estetika fani, san’atshunoslik fanlaridan farqli o‘laroq nafaqat badiiy asarni, balki badiiy ijod va badiiy idrok jarayonlari ham keng tadqiq etadi. Ijod, asosan, ijodkorning hayol, tasavvur, yangi badiiy asarni dunyoga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatidi. Ijod qilish qobiliyati ko‘p sonli fazilatlar bilan tavsiflanadi. Ijodkor shaxs o‘z aql-zakovatining teranligi, mustaqil fikrlashi, tafakkurining o‘ziga xosligi, bashorat qilish qobiliyati, zehnining o‘tkirligi, tasavvuri va intuitsiyasining kuchliligi, mehnatda tirishqoq va intiluvchanligi, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabat va murosasizlik, yuksak axloqiy fazilatlar bilan ajralib turadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi iste’doddir. Iste’dod – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. O‘z navbatida, tabiiy iqtidor, qobiliyat, iste’dod hayotiy, kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi «iste’dod» deb atalsa, iste’dodning yuqori darajada namoyon bo‘lishi daholikdir. Ma’lumki, bosh miya yarim sharlari turli xil funksiyalarni bajaradi. Chap yarim sharlar – nutq va mantiq, o‘ng yarim sharlar esa – ijod markazlaridir. Odatda ko‘pchilikda chap yarim sharlar o‘ng yarim sharlarga nisbatan ko‘proq rivojlangan. Olimlar fikricha chap yarim sharlarda tormozlanishi yuqorida to‘xtalib o‘tilgan inkubatsiya jarayonini vujudga keltirar ekan. Demak, ijod eng avvalo izlanish, kashfiyotdir. Izlanish – kashfiyot jarayonning esa to‘rt bosqichi mavjud: tayyorgarlik, inkubatsiya, yorilish-portlash va xulosa. Evristik holat (tayyorgarlik darajasi) faktlar materiallar to‘planganda aniq vazifa ko‘ringanda vujudga keladi – jarayon bu ongli faoliyatning ishi bilan bog‘lik. Bu pallada masalaga echim tez topilmaydi va tafakkurning ongsiz komponentlari ijodkorga yordamga keladi. Inkubatsiya bosqichida barcha mavjud variantlarning (ongimizdagi yoyilgan variantlar) eng ma’qullarini tanlash pretsessi va optimal variantlarining tanlash protsessining yakuni va noma’qullaridan voz kechish jarayoni uchinchi darajada kechadi. Xulosada esa kashfiyot – izlanish muallifi eng kerakli detallarni qoldiradi va natijasiga kommunikabel shakl beradi(kitob, asbob, material va boshqa holatlarga keltiradi). Emotsional faollik, ijod jarayonida ijobiy emotsional holatlar bo‘rtib ko‘rinishi ijodning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ko‘tarinki ruh, kayfiyat vazifalarning yechimlarini tirishqoqlik bilan izlashga rag‘batlantiradi va pirovard natijada yuz beradigan insayt (fikrning ravshanlashish) lahzalarini belgilaydi.
1Blackwell Companions to Philosophy. A Companion Aeshtetics. Edited by Stephen Davies, Kathleen Marie Higgins, Robert Stecker and Devid E. Cooper .WILEY –BLACKWELL Ajohn Willy Sons Ltd. Publication.
p. 529
19Blackwell Companions to Philosophy. A Companion Aeshtetics. Edited by Stephen Davies, Kathleen Marie Higgins, Robert Stecker and Devid E. Cooper . WILEY –BLACKWELL Ajohn Willy Sons Ltd. Publication.р.475
20Аристотел. Метафикика, 1078 в.//Сочинение в 4 т. Т.1.М.”Мысль”, 1975.с.327.
21 Гиппий Больший, 287с-289в.//Платон.Сочинение в 4 т.Т.1.М.Мысль, 1990.
22Ўша манба, 295с-296 в.
23А.Шер“Эстетика” Дарслик.Тошкент.”Ўзбекистон”. 2014. 209 бет.
24Юм.Д.Трактат о человеческой природе.Минск, “Попурри”, 1998.С.350-351.
25Дидро Д. Эстетика и литературная критика.М., ИХЛ, 1980.С.117.
26Бёрк Е. Философские исследование о происхождении наших идей возвышенного и прекрасного.М.,”Искусство”.1979.С.138.