33-rasm. Chinchechakning boshlanish davridagi toshmalar. a —yelka uchburchagi; b—son uchburchagi; toshmalar davri, chechakning yiringlash davri va po‘stloqlarning qurib, tushib ketish davri. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Boshlanish davri 3—4 kun davom etadi va tana haroratining to‘satdan 39—40°C va undan ham yuqori ko‘tarilishi, bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, mushaklar og‘rishi, bosh og‘rig‘i, ayrim hollarda qorinda og‘riq paydo bo‘lishi va ko‘pincha qusish bilan xarakterlanadi. 2—3 sutka davomida bemorlarning yarmida qorin pastida, sonning ichki yuzasida (Simon uchburchagi), ko‘krak mushaklari sohasida va qo‘ltiq osti chuqurchasida mayda qontalashli toshmalar kuzatiladi (33-rasm). Toshma bir necha soatdan 2 kungacha saqlanadi va yo‘qoladi. Bu toshma «xabar beruvchi toshma» hisoblanadi. So‘ngra harorat pasayadi (ayrim hollarda normagacha) va bemor o‘zini yaxshi his etadi. Toshmalar toshish davri kasallikning 4—5-kuniga to‘g‘ri keladi, unda chinchechakning asl dog‘li — papuloz toshmalari paydo bo‘ladi. Toshma bosqichma-bosqich toshadi: avval yuzga, so‘ngra gavdaga va nihoyat qo‘l-oyoqlarga toshadi va kaft hamda panja yuzalarini zararlaydi. Toshmalar och-qizg‘ish bo‘lib, ular to‘q-qizil rangli papulalarga aylanadi. Papulalar markazida 2—3 kundan keyin pufakchalar (vezikulalar) paydo bo‘ladi, ular ko‘p kamerali (xonali) tuzilishda, qizil gultoj bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yiringlash davri kasallikning 7—8-kuni kuzatiladi. Tana harorati qayta ko‘tariladi (34-rasm). B 34-rasm. Chinchechakda ikki to‘lqinli isitma egri chizig‘i. ItrahlAPK'jcIl ЁЧ1Н1Л I'lkKh Mk;| |к|Н||;|1МИ|Г VJIld k'Vlarllhki
u vaqtda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ko‘pincha alahsirash va bo‘g‘ilish kuzatiladi, ko‘p bemorlarda pnevmoniya rivojlanadi. Taxikardiya, arterial bosimning pasayishi uchraydi. Jigar va taloq kattalashadi. Vezikulalar loyqalanadi va pustulalar (yiringli pufak- chalar)ga aylanadi, qattiq va tarang bo‘ladi. Pustulalar o‘zaro qo‘shiladi va ko‘p kameraliligi yo‘qoladi, ularni teshganda puchayib qolib, juda og‘riqli bo‘ladi. Ba’zan bemorlarning yuz qismi ko‘rimsiz bo‘ladi (35-rasm). T