E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə110/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davri 6 kundan 20 kungacha (ko‘pincha 8— 12 kun) davom etadi. Hozirgi paytda A.P. Kazansev (1973) tomo- nidan kiritilgan klassifikatsiya qo‘llaniladi.
Ornitozning klinik klassifikatsiyasi quyidagicha:

  1. O‘tkir ornitoz

  1. Tipik (pnevmonik) shakllari: yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir.

  2. Atipik shakllari: meningopnevmoniya;

ornitoz meningiti; o‘pkaning zararlanishi; aniqlanmagan ornitoz.

  1. Simptomsiz shakli.

  1. Surunkali ornitoz

  1. Surunkali ornitoz pnevmoniyasi.

  2. O‘pkaning zararlanishi aniqlanmagan surunkali ornitoz.

  1. Ornitozdan keyingi nospetsifik surunkali pnevmoniya.

Kasallik o‘tkir boshlanadi — et uvushishi, tana haroratining 39—
40°C gacha ko‘tarilishi, umumiy darmonsizlik kuzatiladi. Bunga bosh, mushaklar va bo‘g‘imlarning qaqshab og‘rishi, ko‘p terlash, umumiy lohaslik va ishtahaning yo‘qolishi qo‘shiladi. Ayrim bemor- larda qusish va burundan qon ketishi qayd etiladi. Kasallikning 2— 4-kuni yo‘tal, ba’zida ko‘krak qafasida og‘riq kuzatiladi. Keyinchalik kam miqdorda shilimshiq yoki shilimshiq-yiringli quyuq balg‘am ajraladi, ayrim bemorlarda balg‘amda qon paydo bo‘lishi mumkin.
Obyektiv tekshirganda kasallikning boshlanishida terining oqa- rishi, bradikardiya, arterial bosimning pasayishi, yurak tovush- larining bo‘g‘iqligi qayd etiladi. O‘pkaning zararlanish belgilari kuzatiladi: tukillatib ko‘rilganda unda perkutor tovushning bo‘g‘iq- ligi aniqlanadi (ayniqsa o‘pkaning pastki bo‘lagida). Eshitib ko‘ril- ganda dag‘al nafas va mayda pufakchali xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirishda o‘pkaning qorong‘ilashgan (xiralashgan) mayda o‘choqlari ko‘rinadi. Til qurigan, kulrang karash bilan qoplangan, til qirralari esa toza. Bemorlarning yarmidan ko‘pida kasallikning birinchi haftasining oxirlarida jigar va taloq kattalashadi. Kuchli intoksikatsiyada nerv sistemasi o‘zgaradi: intensiv bosh og‘rig‘i, karaxtlik, uyquning buzilishi, ongning xiralashishi, alahsirash kuzatiladi.
Ayrim simptomlarning davom etishi va kuchliligi ornitozning klinik shakllariga bog‘liq. Kasallik yengil kechganda intoksikatsiya simptomlari kam rivojlanadi. Isitma bir necha kun davom etadi. Og‘ir shakllarida intoksikatsiya kuchayadi. Isitma katta sutkalik o‘zgarishlar, takror et uvushishlar va terlashlar bilan kechadi. Kasallikning og‘ir shakllarida isitma 3—4 hafta va undan ham ortiqroq vaqt davom etadi.
Ornitozning atipik shakllari meningopnevmoniya, ornitozli meningit va o‘pka zararlanmaydigan ornitoz ko‘rinishlarida kechadi. Birinchi holatda bemorlarda pnevmoniya bilan birga kuchli bosh og‘rig‘i, qusish, ensa mushaklarining tortishishi (rigidligi) bilan xarakterlanadigan nerv sistemasining zararlanishi aniqlanadi. Me­ningeal shaklida meningeal simptomlar va intoksikatsiya kuzatiladi. Ornitoz meningiti odatda seroz meningit hisoblanadi. Orqa miya punksiyasida suyuqlik bosim bilan chiqadi, likvorda esa oqsillar miqdori ozroq ko‘paygan bo‘ladi. Ornitoz meninogoensefalitida meningeal belgilar bilan birga o‘choqli belgilar, parezlar va falaj- lanishlar kuzatiladi. O‘pka zararlanmaydigan ornitoz biroz isitma, intoksikatsiya, tomoqda og‘riq, jigar hamda taloq kattalashishi bilan xarakterlanadi. Hatto chuqur tekshirganda (klinik va rentgenologik) ham nafas a’zolari zararlanganini aniqlashning iloji yo‘q. Bunday kasallikning shakli tif-paratif kasalligini eslatadi, ammo bunda rozeolali toshmalar toshmaydi va qon ekmasi hamda serologik reaksiyalar ijobiy natija bermaydi. Ornitozning belgilarsiz shakli epidemiya vaqtida infeksiya o‘chog‘ida laboratoriya tekshiruvlari yordamida aniqlanadi. Ornitozning surunkali shakllari spastik bronxit bilan kechadigan surunkali pnevmoniya yoki pnevmoniyasiz intok­sikatsiya shaklida o‘tadi. Bu vaqtda turli a’zo va sistemalar zararlanadi.
Asoratlaridan tromboflebitlar, gepatitlar, pankreatitlar va mio- karditlar ma’lum.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin