E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə111/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Guruh bilan kechadigan kasbga doir kasalliklarda ornitozga tashxis qo‘yish qiyin emas. Tashxis ornitozning muhim belgilari bo‘yicha qo‘yiladi. Kasallikning o‘tkir boshlanishi, isitma, kuchli terlash, o‘pka sindromi, nerv sistemasi, jigar, taloqning zararlanishi, ko‘krak qafasining rentgenologik tekshirish ma’lu- motlari, epidemiologik anamnez (kasbi, kasal qushlar bilan aloqada bo‘lish) tashxisni ancha yengillashtiradi. Odatda o‘tkaziladigan davolash (penitsillin, streptomitsin, sulfanilamid preparatlar)ning samara bermasligi ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga egadir. Ornitoz tashxisi laboratoriya tekshiruvlari yordamida tasdiqlanadi. Qondagi o‘zgarishlar ahamiyatga egadir. Ornitoz uchun leykopeniya yoki normositoz, ECHT ning oshishi xarakterlidir. Qon va balg‘amdan qo‘zg‘atuvchi tovuq embrioni, to‘qimalar kulturasi yoki hayvon- larni zararlash orqali ajratib olinadi. Ammo bu tekshirishlar murakkab va hamma vaqt ham qulay emas. Asosiy spetsifik labo­ratoriya tekshirish usuli ornitoz antigeni bilan qo‘yiladigan KBR dir. Hozirgi vaqtda yanada sezgir usul — gemagglutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi (GATR) qo‘llaniladi. Tashxis titri KBR uchun 1:16 — 1:32, GATR uchun — 1:512 va undan yuqoridir. Qo‘sha zardoblar tekshirilganda antitelolar titrining 4 baravar va undan ham ortiq darjada oshishi tashxis qo‘yishda ahamiyatlidir. Tashxis ornitoz antigeni bilan qo‘yiladigan teri-allergik sinamasi yordamida ham tasdiqlanadi. Antigen teri orasiga 0,1 ml (bilakning ichki yuzasiga) yuboriladi. Reaksiyaning kuchi infiltrat kattaligi va qizarish bilan aniqlanadi. Teri sinamasining natijasi 24—48 soatdan keyin ko‘ri- nadi. Ornitoz kasalligida deyarli barcha bemorlarda teri sinamasi ijobiy natija beradi va bunday holat sog‘aygandan 2—3 yil keyin ham saqlanishi mumkin. Shuning uchun reaksiya ornitozning retros- pektiv tashxisi uchun ham qo‘llanadi.
Davolash. Bemor odamdan sog‘ odamga infeksiya yuqishi aniq- lanmagan bo‘lsa-da, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari shart. Bemor tana harorati normallashgunga qadar yotoq rejimiga rioya qilishi zarur. Tetrasiklin guruhi antibiotiklari juda foydalidir.
Ular levomitsetinga nisbatan 3—5 baravar faolroqdir. Tetrasiklinlar butun isitma davrida va harorat normaga tushgandan keyin ham yana

  1. 5 kun davomida 0,2—0,3 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi. Tetrasiklin mumkin bo‘lmagan hollarda 0,5 g dan har 6 soatda 8— 12 kun davomida levomitsetin tayinlanadi. Lekin u kam ta’sir ko‘rsatadi. Ular qatorida dezintoksikatsion terapiya o‘tkaziladi. Bunda kristalloidlar va kolloid eritmalar venaga tomchilab yuboriladi. Ayrim hollarda glukokortikosteroidlar buyuriladi. Simptomatik preparatlar keng ishlatiladi. Yetarli miqdorda vitaminlar tayinlanadi, oksi- genoterapiya o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya, ayniqsa nafas gimnastikasi foydalidir. Albatta bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar (eufillin, efedrin va b.) qo‘llanadi. Uzoq cho‘ziladigan va surunkali shakllarida vaksinaterapiya belgilanadi.

Kasallik ko‘pincha sog‘ayish bilan tugaydi. Residivlar va surunkali shakllarga o‘tish hollari ham kuzatilishi mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin