E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə121/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Tashxis klinik belgilar, epidemiologik anamnez ma’lu- motlari (kalamushdan yuqadigan rikketsiozlar uchraydigan joylar) va laboratoriya tekshiruvlari asosida qo‘yiladi. Kalamushdan yuqa- digan rikketsioz bilan epidemik toshmali tifni laboratoriya usulida rikketsiyalar yordamida o‘tkaziladigan agglutinatsiya reaksiyasi (RAR) yoki komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) yordamida farqlash mumkin. U Muzer rikketsiyalari antigeni bilan parallel ravishda qo‘yiladi. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozda Muzer rikketsiyalari antigeni bilan qo‘yilgan agglutinatsiya va komp­lementni bog‘lash reaksiyasi Provaseka rikketsiyalari antigeni bilan qo‘yilgan reaksiya titridan baland bo‘ladi.
Davolash. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozni davolash tosh- mali tifni davolashga o‘xshaydi. Tetrasiklin 0,3—0,4 g dan kuniga 4 mahal butun isitma davrida va yana 2 kun davomida beriladi. Terapevtik samarasi yetarli darajada qoniqarlidir.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kala- mushdan yuqadigan rikketsioz bilan kasallangan bemorlar atrofi- dagilar uchun xavfli emas va ularni shifoxonaga yotqizish shart emas. Profilaktik tadbirlar infeksiya manbai — kemiruvchilar va ektoparazitlar (burgalar)ni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, bular deratizatsiya, dezinseksiya, oziq-ovqat mahsulotlari va suv man- balarini kemiruvchilar ajratmalari bilan ifloslanishining oldini olishdan iborat. Infeksiya keng tarqalgan hollarda Muzer rikket- siyalaridan tayyorlangan o‘lik vaksina bilan vaksinatsiya qilinadi.
Nazorat savollari

  1. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz nima?

  2. Muzer rikketsiyalari haqida gapirib bering.

  3. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozni odam qanday yuqtiradi?

  4. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda toshmalar qanday xarakterga ega bo‘ladi?

  5. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz epidemik toshmali tifdan qanday farqlanadi?

  6. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda profilaktik tadbirlar nimaga qaratilgan?

Ku-isitma (febris-Q)

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin