E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə124/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Odam kanadan yuqadigan rikketsiozlar bilan qanday zarar- lanadi?

  2. Kanadan yuqadigan rikketsiozlar patogenezini gapirib bering.

  3. Birlamchi affekt nima?

  4. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda toshmalar qanday xarak- terda bo‘ladi?

  5. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda qanday antibiotiklar qo‘llanadi?

  6. Odam kanalardan qanday himoyalanishi mumkin?

Epidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif (typhus recurrens)
Epidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif — spiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘tkir boshlanishi, umumiy intoksikatsiya, xurujsimon isitma, jigar va taloq katta- lashishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi spiroxeta — Borrelia recurrens Obermeieri hisoblanadi. Obermeyer spiroxetalari nozik spiral shaklida bo‘lib, uzunligi 10 mkm dan 30 mkm gacha bo‘ladi. Qo‘z- g‘atuvchi juda harakatchan bo‘lib aylana, burama va egilgan hara­katlar qilishi mumkin. Romanovskiy usulida yaxshi bo‘yaladi, oziqli muhitlarda va rivojlanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Penitsillin, tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar, levomitsetin va eritromitsinga sezgir.
Epidemiologiyasi. Yagona infeksiya manbai bemor odam hisob- lanadi. Kasallik tarqatuvchilari kiyim biti bo‘lib, ular zararlangandan keyin 5 kun o‘tgach infeksiya tarqata boshlashi mumkin. Bosh bitlari kam epidemiologik ahamiyatga ega. Bemor bitlardan faqat isitma davridagina zararlanishi mumkin. Infeksiya yuqtirgan bitlarning so‘lak bezlari va najaslarida rikketsiyalar aniqlanmagan. Odam infeksiyani bitlarning bevosita chaqishi orqali emas, balki ularni o‘ldirish uchun terida ezish tufayli yuqtiradi. Chunki bunda katta miqdordagi spiroxetalarga ega bo‘lgan suyuqlik teriga tushadi va tirnashlar, qashlashlar, yorilishlar va boshqa shunga o‘xshash teri butunligini buzadigan mikrojarohatlar qo‘zg‘atuvchilarning orga­nizmga kirishiga sabab bo‘ladi. Ilgari bir necha bor qaytalama tif epidemiyalari kuzatilgan, bunga urushlar va aholining ko‘chib yurishlari sabab bo‘lgan. Chunki bunday vaqtlarda bitlashlar ko‘p kuzatilgan. Bizning mamlakatimizda qaytalama tif yo‘q. Lekin tashqaridan infeksiyaning kirishi bundan mustasno emas.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Spiroxetalar organizmga tushgandan keyin retikuloendotelial sistema hujayralarida rivojlanadi. Qonda katta miqdordagi spiroxetalarning paydo bo‘lishi kasallik xurujiga sabab bo‘ladi. Organizmda paydo bo‘lgan antitelolar ta’sirida spiroxetalarning asosiy qismi nobud bo‘ladi, lekin markaziy nerv sistemasida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarning ma’lum bir qismi saqlanib qoladi va oldingi spiroxetalardan antigenligi bilan farq qiluvchi boshqa spiroxetalar rivojlanishiga sharoit yaratadi. Har bir keyingi kasallik xuruji yangi spiroxetalar to‘dasining paydo bo‘l- ganligiga bog‘liq bo‘ladi. Natijada spiroxetalarning bir necha turlariga nisbatan immunitet paydo bo‘ladi va klinik sog‘ayish boshlanadi.
Patologoanatomik tekshirganda taloq kattalashib, kesilganda to‘q qizil, qonga to‘lgan holda bo‘ladi. Uning pulpasida hujayralarning kuchli proliferatsiyasi kuzatiladi, ba’zan nekrozlar va infarktlar kelib chiqadi. Jigarni gistologik tekshirganda gepatit belgilari, ba’zida mayda nekroz o‘choqlari aniqlanadi.
Klinikasi. Yashirin davri odatda 6—7 kun (5 kundan 15 kun­gacha) davom etadi. Klinik belgilari juda xarakterlidir. Kasallik to‘satdan o‘tkir boshlanib, kuchli et uvushishi, bosh og‘rig‘i hamda dispeptik belgilar namoyon bo‘ladi. Tana harorati kasallikning birinchi kunidanoq 39—40°C gacha ko‘tariladi. Bemor mushak- larida, ayniqsa oyoqlarida kuchli og‘riq sezadi, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qayt qilish hollari kuzatiladi. Ko‘pincha chap qovurg‘a ostida (taloq kattalashishi tufayli) og‘riq seziladi. Yuz terisi qizarib, skleralar tomiri ko‘zga tashlanadi. Ba’zan sklera va terida biroz sarg‘ayish qayd etiladi. Keyinchalik yuzning qizarishi uning oqarishi bilan almashadi (anemiya tufayli). Taxikardiya, arterial bosim pasayishi, yurak tovushlari bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Jigar kattalashadi. Trombositopeniya, jigar va tomirlar endoteliylari zararlanishi tufayli gemorragik sindrom (kuchli burun qonashlari, teri va shilliq pardalarga qon quyilishlar, qon tupurish, siydikda qon paydo bo‘lishi) kuzatiladi. 10—15% bemorlarda xuruj davrida meningeal belgilar (ensa mushaklarining tortib qisqarishi) qayd etiladi.
Xuruj oxirida tana harorati kuchli terlash natijasida kritik ravishda normadan pastga (subnormal) tushib ketadi. Ayrim hollarda haro- ratning bunday tushishi kollapsga (arterial bosimning birdaniga tushib ketishi, teri oqarishi, paypaslaganda oyoqlarning muzdek bo‘lishi, es-hush yo‘qolishi) sabab bo‘ladi. Harorat normallashishi bilan bemor ahvoli tezda yaxshilanadi, ammo jigar va taloq katta- lashgan holda qoladi. 6—8 kundan keyin xuruj takrorlanishi mumkin. Xurujlar 2 dan 5 martagacha kuzatiladi. Dastlabki xuruj

  1. 6 kun davom etsa, keyingilari 1—3 kun bo‘ladi. Apireksiya davri odatda 6—9 kunni tashkil qiladi. Ba’zan xuruj vaqtida toshmalar paydo bo‘ladi. Taloq kasallikning birinchi kunidanoq kattalasha boshlaydi, keyinchalik uning hajmi tez orta boradi, ba’zan uning qirralari kichik chanoqqacha tushadi. Taloq sohasidagi kuchli og‘riqlar uning infarkti yoki perisplenitiga bog‘liq.

Asoratlari meningit, iridosiklitlar, keratitlar, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishlar, nefritlar, taloq yorilishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tashxisi. Kasallikka tashxis epidemiologik ma’lumotlar (qaytalama tif bilan og‘rigan bemor mazkur kasallik kuzatilgan joyda kasallik boshlanishidan 10—15 kun avval bo‘lgan) va kasallikning klinikasi (o‘tkir boshlanishi, xuruj oxirida kuchli terlash orqali haroratning kritik pasayishi va taloq kattalashishi, isitma xurujining apireksiyalar bilan almashib turishi)ga qarab qo‘yiladi. Laboratoriya usulidagi tashxis yirik qon tomchisida Obermeyer spiroxetalarining topilishiga asoslanadi. Yirik qon tomchisini tayyorlash uchun bemor venasidan probirkaga 10 ml qon olinadi va sentrifugalanadi. Bunda probirka tubida cho‘kma hosil bo‘ladi, u kam miqdordagi shu zardob bilan birga buyum oynachasiga Paster pipetkasi bilan tomiziladi va yirik tomchi tayyorlanadi. Tomchi qurigandan keyin uni Nikiforov aralashmasi (spirt va efir teng miqdorda) bilan fiksatsiya qilinadi va 10 marta distillangan suv bilan suyultirilgan Sil fuksini bilan bo‘yaladi, so‘ngra mikroskopiya qilinadi. Periferik qonni tekshirish (xuruj vaqtida leykositoz, aneozinofiliya, trombositopeniya, anemiya, ECHT ning oshishi) ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga ega.
Davolash. Bemorni albatta shifoxonaga yotqizish shart. Toshmali tifda, ayniqsa kasallikning boshlanishida, penitsillin yaxshi samara beradi. Preparat 300000—500000 birlikda har 4 soatda 5—7 kun davomida tayinlanadi. Ampitsillin (1 g dan har 6 soatda 7 kun davomida), tetrasiklin preparatlari (0,3—0,4 g dan 4 mahal kuniga

  1. 7 kun davomida) yoki levomitsetin (0,5 g dan har 6 soatda 5— 7 kun davomida) ham qo‘llanilishi mumkin. Zarurat bo‘yicha simptomatik preparatlar tayinlanadi. Bemor oxirgi xurujdan keyin kamida 21 kundan keyingina shifoxonadan chiqariladi.

Hozirgi zamon davolash usullari yordamida kasallik sog‘ayish bilan tugaydi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, izolatsiya qilish va shifoxonaga yotqizish zarur. Aholining sanitar madaniyati uchun kurashish lozim. O‘choqda kasallik tarqatuvchilar yo‘q qilinadi (dezinseksiya o‘tkaziladi). Choyshablar, kiyimlar, yotoq anjomlari va bemor joylashgan bino to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinseksiyagacha bemorlar bilan aloqa vaqtincha to‘xtatiladi. Bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lgan kishilar 25 kun davomida tibbiy nazoratda turadilar, yangi kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida ularning tana harorati har kuni o‘lchab boriladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin