E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə144/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Leptospiroz — har xil turdagi leptospiralar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, buyrak, jigar va nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadi. Og‘ir hollarda sariqlik va gemorragik sindrom kuzatiladi.
Etiologiyasi. Leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari — leptospiralarning har xil turlaridir. Barcha turdagi leptospiralar morfologiyasi (tuzi­lishi) bir xil. Leptospiralar mayda, ko‘plab (15—20) o‘ramlardan iborat (lotincha leptos — mayda, spira — o‘ram). Ularning uzunligi

  1. 15 mkm atrofida bo‘lib, tanasining oxirlari ilmoqsimon qayrilgan va kengaygan. Birlamchi o‘ramlardan tashqari tanasi bukilishi natijasida ikkilamchi o‘ramlar hosil bo‘ladi, bu esa leptospiralarga S harfi ko‘rinishini beradi. Leptospiralar harakatchan bo‘lib, ularda ildam, aylana va egik harakatlar kuzatiladi. Ular grammanfiy bo‘lib, ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.

Leptospiralar suv havzalarida 25 kungacha, tuproqda — 3 oygacha, yog‘ va sut kabi oziq-ovqat mahsulotlarida — bir necha kungacha saqlanadi. Leptospiralar dezinfeksiyalovchi eritmalarda hamda qizdirilganda tez nobud bo‘ladi. Penitsillin, tetrasiklin kabi antibiotiklar va levomitsetinga sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho‘chqalari leptospiralarga moyildir.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kemiruvchilar, uy hay- vonlaridan yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar, itlar hisoblanadi. Odam xom suv ichganda, zararlangan suv havzalarida cho‘mil-
ganda, suv bostirilgan o‘tzorlarda ishlaganda, uy hayvonlarini parvarish qilganda va infeksiyasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallikni yuqtirib oladi. Kasallik odatda kasbga bog‘liq. Ko‘pincha deratizatorlar, chorvachilik fermalari ishchilari, sut sog‘uvchilar, cho‘ponlar va veterinarlar kasallanadi. Leptospiroz uchun mavsumiylik xos bo‘lib, u asosan avgust oyida ko‘p uchraydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin