E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə153/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Epidemiologiyasi. Tabiatda asosiy infeksiya manbai kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kalamushlar, su- g‘urlar, jami 200 dan ortiq turlari) hisoblanadi. Infeksiya tar- qatuvchisi — burgalardir. Odam kasallikni bir necha yo‘llar orqali yuqtiradi: transmissiv — infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida, aloqa — infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruv- chilardan terisini ajratib olish va infeksiya yuqtirgan tuyalar go‘shtini bo‘laklaganda, alimentar — o‘lat mikroblari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, havo-tomchi yo‘l — o‘latning o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlardan yuqadi. Kasallikka moyillik odamlarda juda yuqori bo‘lib, kasallikdan keyin ularda turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga teri, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi. Kirish darvozasi o‘latning u yoki bu shaklining (bubonli, teri- bubonli, o‘pkaga tegishli) rivojlanishini aniqlaydi. Teri orqali kirganda unda ayrim vaqtlarda pustula yoki yara (teri yoki teri-bubonli shakli) rivojlanadi. Mikrob parchalanishi natijasida endotoksinlar ajraladi va bular intoksikatsiyaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik qo‘z- g‘atuvchi qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi va qator a’zolarni zararlaydi. Ayniqsa, bunga pnevmoniyaning qo‘shilishi xavflidir (havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi).
O‘lat qanday shaklda namoyon bo‘lishiga qaramasdan, har doim barcha a’zo va sistemalarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Terida qon qu­yilishlar va nekroz sohalari paydo bo‘ladi. Qon quyilishlar osh- qozon, ichak, shilliq pardalari va yurak mushaklarida qayd etiladi. Jigar va taloq kattalashgan bo‘lib, ularda nekroz o‘choqlari uchraydi. Jinsiy bezlar, ichki sekretsiya bezlari va ilikda giperemiya, shish, o‘choqli qon quyilishlar va nekrozlar bilan kechadigan yallig‘lanish jarayonlari aniqlanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin