E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə166/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davr 2—12 kun (ko‘pincha 3—8 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Kuchli et uvushib, mushaklarda og‘riq seziladi, tana harorati kasallikning 1-kun oxiri yoki 2-kunida 40°C gacha ko‘tariladi va 5—6 kun davomida yuqori ko‘rsatkichlarda saqlanadi.
Tez orada umumiy belgilarga shilliq qavatlar zararlanishi belgilari qo‘shiladi (qattiq ovqatni chaynaganda og‘izda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘z qizarishi va siydik ajratishda og‘riqlar).
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida ko‘plab mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bular dastlab tiniq, so‘ngra loyqa sarg‘ish moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi. 1—2 sutkadan keyin pufakchalar yoriladi, ularning o‘rnida yaralar (eroziyalar) paydo bo‘ladi. Ularning qirralari qizargan bo‘lib, tubi kulrang parda bilan qoplanadi. Bemor ta’sir­chan bo‘lib qoladi, gaplasha olmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘langan (qizargan va shishgan) bo‘lib, ko‘p so‘lak ajraladi. Yaralar hosil bo‘lganda ovqatni maydalash va yutish yanada qiyin- lashadi. Toshmalar odatda tilga, tanglayga, milklarga, ba’zan burun, qin shilliq pardalariga, konyunktivaga, ayrim bemorlarda teriga, ayniqsa kaftga, panjalarga, boldir sohasiga va og‘iz atrofiga toshadi (48-rasm).
Bolalarda oqsim o‘tkir gastroenterit chaqirishi mumkin. Bar- moqlararo burmalar va tirnoqlar atrofidagi teri zararlanadi. Tosh- malar toshishi bir haftacha davom etadi. Yangi toshmalar paydo bo‘lishi kasallikning bir necha oylar va hatto bir yilgacha cho‘zi- lishiga sabab bo‘ladi. Sog‘ayish boshlanishi bilan shilliq qavatlardagi yarali nuqsonlar epitelizatsiya bo‘la boshlaydi. Ko‘pchilik bemorlarda sog‘ayish davri 10—15 kun davom etadi.
x
kuzatilmaydi, faqat kamquvvat be­morlar va nimjon bolalarda ikkilam­chi infeksiyalar qo‘shilishi tufayli


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin