E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə17/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tug‘ma (turga xos) immunitet — bu bir turdagi hayvon yoki odamning boshqa turlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm- larni yuqtirmaslik xususiyatidir. Odamning tovuqlardagi vabo va shoxli hayvonlardagi o‘lat kasalliklariga, hayvonlarning o‘z nav­batida esa odamda kuzatiladigan so‘zak, meningit, qizamiq, qorin tifi va qator odam uchun patogen bo‘lgan mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga berilmasligi immunitetning bu turiga misol bo‘la oladi. Onadan homiladorlik paytida bolaga qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal kabi kasalliklarga qarshi immunitet o‘tadi (platsentar immunitet) va bola tug‘ilgandan keyin bir necha oygacha bu kasalliklar bilan og‘rimaydi.
Orttirilgan immunitet — bu odam organizmi yoki hayvonning shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta spetsifiklik bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mum- kin. Yuqumli kasallikdan keyin paydo bo‘lgan immunitet har xil muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u gripp, dizenteriyada qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli bir umr saqlanadi.
Sun’iy immunitet — organizmni yuqumli kasalliklardan asrash uchun sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Sun’iy immunitet 2 xil bo‘ladi: faol (aktiv) va faol bo‘lmagan (passiv). Vaksinalar ta’sirida hosil qilinadigan immunitet faol immunitet hisoblanadi. Chunki, bunda organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan spetsifik antitelolar sintez- lanadi (bunda organizm faol qatnashadi). Bunday immunitet orga- nizmni uzoq vaqtgacha mazkur kasallikdan asraydi.
Faol bo‘lmagan (passiv) immunitet organizmga boshqa immun organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida paydo bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (passiv) immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.
Profilaktik emlashlar (vaksinatsiya) reja asosida o‘tkaziladi. Yuqumli kasalliklar bilan kurashishda erishilgan yutuqlar asosan emlash bilan bevosita bog‘liqdir. Kelajakda ayrim yuqumli kasal- liklarni tugatish ishlari ayni shu asosda amalga oshiriladi.
Immunoprofilaktika bo‘yicha umumiy ma’lumotlar

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin