E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə173/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Amyobiaz (amyobali dizenteriya) — protozoy kasallik bo‘lib, ichakning yarali zararlanishi, ayrim hollarda esa jigar, bosh miya abssesslari, o‘pka va boshqa a’zolar zararlanishlari bilan xarak- terlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica)dir. Dizenteriya amyobasining hayot sikli 2 bosqichdan iborat — vegetativ va tinch bosqich (sista). Bu bosqich- lar yashash sharoitiga qarab, bir-biri bilan almashinib turadi. Vegetativ bosqichning 4 ta shakli mavjud (katta vegetativ, to‘qima, bo‘shliq, sista oldi).
Katta vegetativ shakli 20—60 mkm bo‘lib, psevdopodiyalar orqali harakatchan va eritrositlarni fagositoz qilish (eritrofag) qobiliyatiga ega. Ularning soni bitta amyobada 10—20 va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Parazitning mazkur shakli faqat ichak amyobiazida bemorning yangi ajralib chiqqan najasida uchraydi.
Dizenteriya amyobasi to‘qima shaklining uzunligi 20—25 mkm ga teng bo‘lib, u yuqori harakatchanlikka ega. To‘qima shakli faqat o‘tkir amyobiazdan zararlangan a’zolar va kam hollarda bemor najasida aniqlanadi.
Amyobaning bo‘shliq shakli kichik uzunlikka ega (15—20 mkm) va u kam harakat qiladi. Eritrositlarni fagositoz qilmaydi. Amyo­baning bu shakli odam yo‘g‘on ichagining yuqori bo‘limlari bo‘shlig‘ida yashaydi. Lekin unga zarar yetkazmaydi. O‘tkir ichak amyobiazidan sog‘ayganlar najasi yoki kasallik surunkali kechganda uchraydi. Sista tashuvchilar yoki remissiya vaqtida bemorlarda faqat tuzli ich suruvchi preparatlar qo‘llanilganidan keyingina topilishi mumkin.
Sista oldi shakli 12—20 mkm o‘lchamga ega, kam harakat qiladi, o‘tkir amyobiaz sog‘ayganlar va ich suruvchi qabul qilgan sista tashuvchilarda uchraydi. Tuzilishi bo‘yicha bo‘shliq shaklini esla- tadi, vakuola bo‘lmaydi, ayrim vaqtda sitoplazmada anchagina bakteriyalar ko‘rinadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin