E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor najasida 30 minutdan keyin nobud bo‘ladi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə174/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor najasida 30 minutdan keyin nobud bo‘ladi.
Dizenteriya amyobasining tinch bosqichi turli xil darajadagi ye- tuk sistalar shaklida uchraydi. Sistalar harakatsiz, qobiq bilan qop- langan, rangsiz va sharsimon shaklda bo‘lib, o‘lchami 8—15 mkm. Sistalar o‘tkir amyobiazdan sog‘ayganlar najasida, surunkali am- yobiazda remissiya bosqichidagi bemorlar va sista tashuvchilarda aniq- lanadi.
Sistalar odam ingichka ichagiga tushganda ularning qobig‘i yorilib, ulardan to‘rt yadroli amyobaning ona shakli chiqadi, uning bo‘linishi natijasida 8 ta bir yadroli amyobalar hosil bo‘ladi. Optimal sharoitda ular ko‘payib, vegetativ shakllarga aylanadi va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismida yashaydi. Sistalar tashqi muhit omillariga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular nam fekaliyada 17—20°C da va suvda bir oygacha, nam tuproqda — 8 kungacha hayot faoliyatini saqlab qoladi. Sistalar bir necha kun davomida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida, mevalarda, sabzavotlar va uy buyum- larida o‘z hayotini saqlab qola oladi. Ularga yuqori harorat kuchli ta’sir qiladi: 65°C da ular 5 minutda, quritilganda esa shu zahotiyoq nobud bo‘ladi. 5% li formalinda 30 minutdan 5 kungacha hayotini saqlab tura oladi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai amyobiaz bilan kasallangan bemor yoki dizenteriya amyobasi tashuvchisi hisoblanadi. Odam amyoba sistalarini najas bilan ajratadi. 1 g najasda 6 mln gacha sistalar bo‘lishi mumkin.
Odam dizenteriya amyobasining yetilgan to‘rt yadroli sistalarini oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, iflos suv va ularni organizmga iflos qo‘llari orqali kiritganda zararlanadi. Kasallik tarqatuvchi omillarga sista tashuvchilarning najaslari bilan zarar- langan parvarishlash buyumlari, choyshablar, oshxona idishlari, o‘yinchoqlar va boshqalar kiradi. Sodda organizmlar sistasini mexanik tarqatib yuruvchilar sifatida pashshalar va suvaraklar ham ma’lum rol o‘ynaydi. Bu hasharotlar ichagida dizenteriya amyobasi sistalari 48—72 soat davomida hayotlarini saqlab qoladilar.
Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, yoz- kuz mavsumiyligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha o‘rta yoshdagi kishilar kasallanadilar.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin