Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Amyobiaz uchraydigan joylarda (aholi punktlarida) suv ta’minotini to‘g‘ri tashkil qilish zarur. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, faqat qaynatilgan suv ichish zarurligi, hojatxonalarni gigiyenik saqlash va dezinfeksiyalash bo‘yicha ma’lumotlar berilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini dizenteriya amyobasi sistalari tushishidan saqlash muhim ahamiyatga ega. Barcha bemorlar izolatsiya qilinishi va davolash uchun shifo- xonaga yotqizilishi shart. Amyoba tashuvchilarni davolash ham profilaktik tadbirlarga kiradi. Sista tashuvchilar suv bilan ta’minlash sistemasiga, oziq-ovqat muassasalariga, jamoa ovqatlanish tarmog‘i hamda bolalarga xizmat ko‘rsatish joylariga qo‘yilmaydi. Bemorlar najasi 5% li lizol bilan dezinfeksiya qilinadi. Choyshablar lizolning 3% li eritmasida namlanadi. Umumiy profilaktik tadbirlar dizen- teriyadagi kabi o‘tkaziladi. Kasallikning spetsifik profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Nazorat savollari Dizenteriya amyobasining hayot sikli haqida gapirib bering.
Odam amyobiaz bilan qachon kasallanishi mumkin?
Amyobiazning qanday shakllari mavjud?
Ichak amyobiazining qanday klinik shakllari farqlanadi?
Amyobiazni davolashni gapirib bering.
Amyobiazda shifoxonadan chiqarish shartlarini ayting.
Amyobiazda qanday profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?
Tukli infuzoriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar Infuzoriyalar uchun ko‘plab tuklar mavjudligi xos, ular butun tanani qoplab oladi va harakatlanish organellalari bo‘lib xizmat qiladi. Ular jinssiz (ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan) va jinsiy, ya’ni konyugatsiya (ikki jinsdagi turlar o‘zaro yadro almashadilar) yo‘li bilan ko‘payadi. Balantidiylar yo‘g‘on ichak shiliq pardalariga kirib yallig‘lanish — yarali jarayonga sabab bo‘ladi. Natijada balantidiaz rivojlanadi. Balantidiaz (balantidiasis)