E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Teri leyshmaniozining antroponoz tipi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə183/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Teri leyshmaniozining antroponoz tipi (shahar tipidagi kech yara hosil bo‘ladigan turi, ashxabadka). Yashirin davri 3—8 oy davom etadi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda avvaliga 2—3 mm kattalikda bo‘rtma yuzaga keladi. U asta-sekin kattalasha borib, uning ustidagi teri qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi va 3—6 oydan keyin esa tangasimon po‘st bilan qoplanadi. U olib tashlanganda yara hosil bo‘ladi. Yara aylana shaklda bo‘lib, tubi silliq yoki g‘adir-budur ko‘rinadi va yiringli parda bilan qoplangan bo‘ladi. Yara atrofida infiltrat hosil bo‘ladi, uning parchalanishi natijasida yara kattalasha boradi. Yara qirralari notekis; ajralmalar kam miqdorli bo‘ladi. Yara chandiqlana boshlaydi, bu jarayon odatda kasallik boshlanganidan 1 yil keyin tugaydi, ba’zan 1,5—2 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Yara o‘rnida chandiq qoladi, u avval och qizil, so‘ngra oq rangda ko‘rinadi va atrofiyaga uchraydi. Yaralar soni 1—3 ta (10 tagacha), ular odatda chivinlar chaqa oladigan terining ochiq joylariga (yuz, qo‘l) toshadi. Ba’zida katta zonalarni zararlaydigan diffuz-infiltratsiyalanuvchi leyshmanio- malar (ko‘pincha kaftda, panjalarda) aniqlanib, ular yaralarga aylanmaydi va chandiqlanmaydi.
Tashxisi. Visseral leyshmaniozni aniqlashda epidemiologik ma’lumotlar (oxirgi 1—2 yil ichida endemik joylarda bo‘lganligi), xarakterli klinik belgilar (kundan-kunga holsizlanish, anemiya, jigar va taloqning kattalashishi, isitma) ahamiyatga ega. Qonda anemiya, leykopeniya, trombositopiya, ECHT ning kuchli oshishi kuzatiladi. Leyshmaniyalarning ilik va limfatik tugunlar punktatida topilishi tashxisning tasdig‘i hisoblanadi. Agar leyshmaniyalar topilmasa, qo‘shimcha usullar sifatida serologik reaksiyalardan foydalaniladi. Serologik reaksiyalardan KBR va leyshmaniyalar kulturalaridan olingan antigen bilan qo‘yiladigan lateks-aggluti- natsiya reaksiyasi qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda juda sezgir usullardan biri leyshmaniyalar kulturasidan olingan antigen bilan qo‘yiladigan immunofluoressensiya reaksiyasi hisoblanadi. Leyshmanozning teri shakliga tashxis qo‘yishda xarakterli klinik belgilar katta ahamiyatga ega va infiltrat yoki bo‘rtmadan olingan materialda qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash tashxisning tasdig‘i hisoblanadi.
Davolash. Visseral leyshmaniozni davolashda surmaning har xil preparatlaridan faqat solyusurmin ishlatiladi. Preparat sutkasiga 0,1—

  1. 15 g dan 1 kg tana vazni hisobida bemor yoshi va ahvoliga qarab tayinlanadi (4-jadval).


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin