Nazorat savollari Pnevmosistozda infeksiya manbai kimlar hisoblanadi?
Bemordan sog‘lom odamga pnevmosistoz qanday yuqadi?
Pnevmosistoz klinikasi va tashxisi haqida gapirib bering.
Kasallik profilaktikasi nimalardan iborat?
Gelmintozlar Gelmintozlar — parazit chuvalchanglar — gelmintlar qo‘zg‘a- tadigan kasalliklardir. Grekcha helmins, helminthos — parazit chuvalchanglar degan ma’noni bildiradi. Odam organizmida asosan 2 turdagi gelmintlar parazitlik qiladi (yassi va yumaloq chuvalchanglar). Odamda ko‘p uchraydigan gelmintlar quyidagi sinflarga kiradi: trematodalar yoki so‘rg‘ichlilar (Trematoda); sestodalar yoki lentasimon chuvalchanglar (Ces- toda); nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar (Nematoda). Trematodozlar (trematodoses) Trematodozlar — so‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfiga mansub parazit chuvalchanglar qo‘zg‘atadigan gelmintozlardir. Trematodalar (so‘rg‘ichlilar) — uncha katta bo‘lmagan gelmintlar bo‘lib, yassi lansetsimon yoki bargsimon tanaga ega, bo‘g‘imlardan mus- tasno. Ko‘p trematodalar — germafroditlardir. Bu sinfning barcha turlari biogelmintlar hisoblanadi. Parazitlar ikkita so‘rg‘ichga ega, ularning bittasi og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab tursa, ikkinchisi esa qorin so‘rg‘ichi — yopishib olish a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Qorin so‘rg‘ichi oziqlanishda hech qanday ahamiyatga ega emas. Trematodalar tuxumi qattiq qobiqqa ega (shistosomalardan tashqari). Trematodalarning oraliq xo‘jayinlari molluskalar hisoblanadi. Shistosomoz (shistomosis)