E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə212/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Tenioz odamga qanday yuqadi?

  2. Autoinvaziya nima?

  3. Tenioz tashxisini aniqlashda qanday serologik reaksiyalar qo‘llanadi?

  4. Teniozda qanday profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?

Difillobotrioz (diphyllobothriosis)
Qo‘zg‘atuvchisi Diphyllobothrium avlodiga kiruvchi 10 dan ortiq tasmasimonlar turlaridir. Odamdagi uzunligi 10 m va undan ham ortiq bo‘lgan eng yirik parazitlardan biri hisoblangan Diphyl­lobothrium latum (keng tasmasimon chuvalchang) keng o‘rganilgan. Boshchasi, ya’ni skoleks 3—5 mm bo‘lib, ikkita so‘rg‘ich oralig‘i (botriyalar)ga ega, ular yordamida parazit ichak devorlariga yopishib oladi. Tanasi strobila ko‘p bo‘g‘imlardan tuzilgan bo‘lib, uning kengligi uzunligidan katta, xuddi shu tuzilishiga ko‘ra parazitga tegishli nom (keng tasmasimon chuvalchang) berilgan. Yetilgan bo‘g‘imlar markazida rozetka shaklida qoramtir dog‘ ko‘rinadi — bu bachadon bo‘lib, tuxumlar bilan to‘lgan va chiqish teshigiga ega. Keng tasmasimon chuvalchang tuxumlari ancha yirik — uzunligi 75 mkm gacha, kulrang yoki sariq rangda bo‘ladi. Ular yupqa silliq parda bilan qoplangan bo‘lib, oval shaklda ko‘rinadi. Bitta qutbda qop- qoqcha, boshqasida esa — bo‘rtmacha mavjud. Bitta chuvalchang kuniga bir necha million tuxum ajratadi.
Difillobotrioz — peroral biogelmintoz hisoblanadi. Keng tasma­simon chuvalchang odam, it, mushuk, cho‘chqa va baliqlar bilan ovqatlanadigan ayrim yovvoyi hayvonlar ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tuxumlar najas bilan ajraladi va keyingi rivojlanishi uchun suv havzalariga tushishi kerak. U yerda tuxumlardan yumaloq shakl- dagi kiprikchalar bilan qoplangan lichinka (korasidiy) yetiladi. Korasidiylar chuchuk suv qisqichbaqalari — sikloplar tomonidan yutiladi, sikloplarni esa baliqlar yutadi. Baliqlar tanasida lichinkalar (bu bosqichda ular pleroserkoidalar deyiladi) mushaklar va ichki a’zolarda, ayniqsa ikrada to‘planadi. Ko‘pincha cho‘rtanbaliqlar, yelimbaliqlar va olabug‘alar zararlanadi. Odamga zararlangan, yetarli termik ishlanmagan, tuzlanmagan baliq yoki uning ikralari orqali kasallik yuqadi. Yetilgan parazit odam ichagida 10 yilcha yashaydi.
Odam organizmiga parazitning patogen ta’siri mexanik va toksik- allergik ta’sir bilan bog‘liq. Parazit ichak devoriga yopishgan holda botriyalari bilan shilliq pardani qisib qo‘yadi, bu esa uning atro- fiyasi, keyinchalik nekrozga sabab bo‘ladi. Gelmintdagi almashinuv mahsulotlari organizmni sensibilizatsiyalaydi. Kasallik patogenezida anemiyaga sabab bo‘luvchi endogen (ichki) gipo- va avitaminoz — ayniqsa B12 va folat kislota yetishmovchiligi katta ahamiyatga ega.
Invaziya ko‘pincha klinik belgilarsiz kechadi. Ayrim bemorlarda holsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ish faoliyatining pasayishi, oshqozon-ichak yo‘llarining zararlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish, qorin yoki epigastral sohada ovqat qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy og‘riq, qorin quldirashi, meteorizm, ichning buzilishi — ich ketishi yoki qabziyat (ko‘pincha almashib turadi) kuzatiladi. Katta miqdorda parazitlar bo‘lganda ichaklar berkilib qoladi (ichaklardan ovqat o‘tmasligi). Ko‘p hollarda difil­lobotrioz oqibati yaxshi. Og‘ir anemiyada u yomonlashadi.
Tashxis najasdagi parazitga asosan tasdiqlanadi. Ko‘pincha Kato va Kalantaryan usullari yaxshi samara beradi. Ba’zan bemorda najas bilan har xil uzunlikdagi strobilalar fragmenti ajraladi, bu haqda so‘rab olish yoki ularni ko‘rish ham invaziyalangan (mazkur parazitni yuqtirgan) kishilarni aniqlashga yordam beradi.
Degelmintizatsiya teniarinxozdagi kabi vositalar yordamida o‘tkaziladi. Kuchli anemiya holatida antiparazitar davolashdan oldin B12 vitamin va folat kislota bilan davo o‘tkaziladi. Kuchli rivoj- lanmagan anemiya hollarida patogenetik davo degelmintizatsiyadan keyin qo‘llanadi.
Difillobotrioz profilaktikasida invaziyalanganlar degelmintizatsiya qilinadi. Baliqchilar, daryo transporti ishchilari, suv qirg‘og‘ida istiqomat qiladigan kishilar laboratoriya usulida tekshiriladi va kasallik aniqlanganlar albatta davolanadilar. Har 3 yilda tabiiy suv havza- laridagi baliqlarning har bir turidan 15 nusxadan sinama olinib tekshiriladi. Aholi orasida baliqlarni termik ishlash qoidalarini tushuntirish zarur: 100 g gacha bo‘lgan baliqlarni 25 minutdan kam bo‘lmagan oraliqda qovurish yoki qaynab chiqqandan keyin kamida 20 minut yana qaynatish zarur. Aholi yashaydigan joylarni sanitar obodonlashtirish va suv havzalarini fekaliyalar bilan ifloslanishining oldini olish zarur.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin