E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə218/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Ostritsalarga ta’rif bering.

  2. Enterobioz qanday yuqadi?

  3. Enterobiozda qanday klinik belgilar kuzatiladi?

  4. Enteribiozga tashxis qo‘yishda tekshirish materiali nima va u qanday olinadi?

  5. Enteribiozda degelmintizatsiya qanday o‘tkaziladi?

Askaridoz (ascaridosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — askarida (Ascaris lumbricoides) — ayrim jinsli yirik nematoda. Urg‘ochisining uzunligi 20—40 sm, erkaginiki

  • 15—25 sm. Tanasi uchida o‘tkirlashgan, qattiq kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida uchta yirik labi mavjud. Erkagining dum qismi odatda ilmoq shaklida bukilgan. Askaridalar tuxumi 0,05—0,07 mm, qattiq notekis (g‘adir-budur) qobiq bilan qoplangan. Tuxumi urug‘langan va urug‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Urug‘langan tuxumda tashqi qobiq sarg‘ish-och qizil rangda. Tuxum ichida yumaloq embrion hujayra joylashgan bo‘lib, u to‘q rangda bo‘ladi. Urug‘lanmagan tuxumlar yirikroq, butun bo‘shlig‘i sariqlik hujay- ralari bilan to‘lgan.

Askaridoz — peroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va yagona invaziya manbai odam hisoblanadi. Askaridalar odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Sutkada bitta urg‘ochi askarida 200 mingga yaqin tuxum qo‘yadi, ular odam najasi bilan atrof-muhitga tushadi.
Nam (namlik 8% dan kam bo‘lmagan), iliq (optimal harorat 24°C) tuproqda yetarli miqdordagi kislorod ta’sirida tuxumlarda lichinka rivojlanadi. Tuproqda tuxumlar bir necha yillar yashaydi. Invaziyali, ya’ni yetuk lichinkaga ega bo‘lgan tuxumlar tuproqdan qo‘l, sab- zavot, meva va ular orqali esa og‘izga tushadi. Ovqatga tuxumlar pashshalar orqali ham tushadi. Ingichka ichakda lichinkalar tuxum- dan chiqib, murakkab migratsiya yo‘lini o‘taydi. Lichinkalar ichak devorlariga kirib, undan venoz kapillarlarga o‘tadi, so‘ngra darvoza venasi sistemasi tomirlariga kirib, u yerda invaziyaning 5—6-kuni birinchi marta tullaydi (qobig‘idan ozod bo‘ladi). Jigardan jigar venalari orqali lichinkalar pastki kovak venaga kiradi, u yerdan yurakning o‘ng bo‘lmachasi hamda o‘ng qorinchasiga tushadi va kichik qon aylanish doirasiga o‘tadi. O‘pka tomirlaridan ularni yorgandan so‘ng lichinkalar alveolalar va bronxiolalarga chiqib, u yerda invaziyaning 8—10-kuni ikkinchi marta tullaydi. So‘ngra ular og‘iz-tomoq tomonga ko‘tariladi, so‘lak bilan yutiladi va osh- qozonga, u yerdan esa ichakka tushadi. Ingichka ichakka tushgan vaqtda (invaziyaning 12—15-kuni) uchinchi, 25—30-kunlar esa — to‘rtinchi, oxirgi tullash kuzatiladi. Shunday qilib, migratsiya 14—

  1. kun davom etadi. Ingichka ichakda lichinka jinsiy yetiladi. Askari- dalarning umumiy hayot sikli — invazion tuxum xo‘jayini orga­nizmiga tushgan vaqtdan boshlab to yetilgan urg‘ochi askaridalar birinchi tuxum qo‘yishgacha bo‘lgan vaqt — 10—12 haftani tashkil qiladi. Odam organizmida askaridalarning hayot sikli bir yilga yaqin davom etadi. Askaridozga moyillik umumiy, lekin bolalar ko‘proq kasallanadilar. Kasallik ko‘proq yilning issiq vaqtlarida kuzatiladi.

Askaridozning patogenetik asosi intoksikatsiya va odam orga- nizmining lichinkalarda bo‘ladigan almashinuv mahsulotlari bilan sensibilizatsiyasi hisoblanadi.
Patogenezda ichak devori, tomirlar, jigar hamda o‘pkaning migratsiya qilayotgan lichinkalar bilan mexanik ta’sirlanishi katta ahamiyatga ega. Katta gelmintlar ham ichak devorini perforatsiyagacha zararlashi va odam organizmida migratsiya qilishi mumkin. Kuchli invaziya vaqtida vitamin va alimentar yetishmovchilik kuzatiladi. Askaridalar bilan invaziyalanish dizenteriya, qorin tifi, salmo- nellozlar, virusli gepatitlar va boshqa kasalliklarning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ularning og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Askaridoz klinikasi polimorf o‘tadi. Invaziyaning birinchi hafta- larida kasallikning boshlanish belgilari: holsizlik, ta’sirlanuvchanlik, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Ko‘pincha bo‘g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, teri qichi- shishi va toshmalar toshishi qayd etiladi. Qonda kuchli eozinofiliya aniqlanadi.
Askaridozning ichak bosqichida oshqozon-ichak yo‘llarida kuza- tiladigan belgilar o‘rtacha intensivlikda rivojlanadi. Bemorning ishtahasi pasayib, tana vazni kamayadi. U ko‘pincha qorindagi tortishib og‘riydigan kuchli og‘riqdan, ko‘ngil aynishi va qusishdan shikoyat qiladi. Ba’zan ich buziladi. Ko‘pincha funksional sinamalar o‘zgargan holda jigar kattalashadi. Bolalar injiq bo‘lib qolishadi, o‘qishlari pasayib ketadi, ularda psixomotor rivojlanish susayadi, intellekt pasayadi. Kattalarda ham ish faoliyati pasayishi kuzatiladi.
Askaridozning o‘pkaga tegishli bosqichida yo‘tal, ko‘pincha quruq, ba’zida qiyin ajraladigan balg‘am, ko‘krakda og‘riq va nafas olishning qiyinlashishi qayd etiladi. Auskultatsiyada (eshitib ko‘r- ganda) katta miqdorda har xil xirillashlar eshitiladi. O‘pka rent- genologik tekshirilganda ko‘plab uchuvchan infiltratlar (Leffler infiltratlari) topiladi. Ular o‘z konfiguratsiyalarini tez o‘zgartiradi

  • bir joydan yo‘qolib, ikkinchi joyda paydo bo‘ladi.

Askaridoz asoratlarining ko‘p qismi katta askaridalarning yuqori darajada harakat faolligiga bog‘liq. Ayniqsa, ko‘pincha ular chuval- changsimon o‘simtaga tushib, o‘tkir appenditsitni qo‘zg‘atadi. Askaridalar operatsiyadan keyingi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Gelmintlarning biliar sistemaga o‘rmalashi o‘t pufagi sanchig‘i, yiringli xolesistit, jigar abssesslari va peritonitlarga sabab bo‘lishi mumkin. Askaridalarning oshqozon osti bezi yo‘llariga kirishi natijasida og‘ir pankreatit kelib chiqadi. Ichaklarning tiqilib qolishi, hatto ular devorining teshilishi ham ko‘p uchraydi. Ba’zan aska­ridalar qizilo‘ngach orqali tomoqqa keladi, so‘ngra esa nafas yo‘llariga kirib, asfiksiyaga sabab bo‘ladi va bu ko‘p hollarda o‘limga olib keladi.
Askaridozning dastlabki o‘pka bosqichida lichinkalar balg‘amni mikroskopiya qilganda aniqlanadi. Qondagi yuqori eozinofiliya, o‘pkadagi uchuvchan infiltratlar, ayniqsa tunda ko‘proq bezovta qiladigan kuchli yo‘tal askaridozga gumon tug‘diradi.
Ichak bosqichini aniqlash uchun tuxumlarni topish maqsadida najas mikroskopiya qilinadi. Ijobiy natija aniqlanganda tuxumlarning urug‘langan yoki urug‘lanmaganligiga e’tibor berish shart. Agar ichakda faqat erkak askaridalar yoki faqat yosh, yetilmagan aska- ridalar bo‘lsa, najasda tuxumlar bo‘lmaydi. Ba’zida ichaklarni rent- genoskopiya qilish orqali tashxis tasdiqlanadi.
Askaridozning dastlabki migratsion bosqichini davolash uchun mintezol (tiabendazol) sutkada 1 kg tana vazniga 50 mg dan 2—3 mahal 5—7 kun davomida tayinlanadi. Antigelmintik preparat vermoks (mebendazol) ham berilishi mumkin. Preparat 3—4 kun davomida kuniga 2 mahal 100 mg dan beriladi.
Yuqori darajada foydali dekaris (levamizol) ham qo‘llanadi. Uning bir martalik (bir kurs) miqdori kattalar uchun 150 mg, bolalar uchun — 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Preparat kechki ovqatdan so‘ng, uxlashdan oldin beriladi. Kombantrin (pirantel pamoat) 10 mg/kg tayinlanadi, u ovqatlanish vaqtida bir marta beriladi.
Askaridozning ichak bosqichida keng qo‘llaniladigan va yuqori darajada samara beradigan preparat piperazin va uning tuzlari (adipinat, sulfat, sitrat, fosfat) hisoblanadi. U 1 g dan 2 kun davomida kuniga 3—4 mahal tayinlanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin