E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə219/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Davolashning foydasini aniqlash maqsadida 2 haftadan keyin najas laboratoriya usulida tekshiriladi.
Askaridoz bilan kurashishdagi asosiy tadbirlardan biri — mazkur kasallik tarqalishi gumon qilingan aholi punktlarida aholini ommaviy tekshirishlar orqali invaziyalangan kishilarni aniqlashdir. Bundan tashqari, jamoalar, ambulatoriya va statsionar sharoitidagi bemorlar ham shunday tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kasallik aniqlangan bemor- lar zudlik bilan degelmintizatsiya qilinadi, davolash jarayonida najaslar tuproqni askarida tuxumlari bilan ifloslantirmasligi uchun xlorli ohak yordamida zararsizlantiriladi. Aholi yashaydigan joylar najas bilan ifloslanishining oldini olish uchun obodonlashtirilgan bo‘lishi zarur.
Nazorat savollari

  1. Urug‘langan tuxum urug‘lanmagan tuxumdan qanday farq- lanadi?

  2. «Invazion tuxum» nima?

  3. Askaridozning ichak bosqichi klinik jihatdan qanday xarak- terlanadi?

  4. Askaridozning asoratlarini gapirib bering.

  5. Askaridozni davolash uchun qanday preparatlar qo‘llanadi?

Trixosefaloz (trychocephalosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Trychcephalus trichiurus hisoblanadi (grekcha trichos — soch va kephale — bosh). Bu nozik gelmint bo‘lib, uzunligi 3—5 sm ga teng. Oldingi qismi nozik bo‘lib, ip yoki sochni eslatadi va tana uzunligining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Tanasining orqa qismi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, unda ichak, urg‘o- chilarida esa — bachadon joylashadi. Parazitlarning ingichka qismi ichak devorining shilliq pardalari tanasiga kiradi, orqa qismi esa ichak bo‘shlig‘idan chiqib turadi. Qobig‘i silliq, qalin va ko‘p qavatlidir. Tuxumi mayda qumsimon ko‘rinishda.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin