Davolash uchun tiabendazol (mintezol) va mebendazol (ver- moks) buyuriladi. Davo qancha erta (invaziyaning birinchi 2—3 haftaligida) boshlansa, shuncha foyda beradi. Tianbendazol kuniga 2 marta 5 mg/kg (sutkasiga 3 g dan oshmasligi zarur) dan 10 kun davomida, mebendazol — sutkasiga 300—400 mg dan 2 hafta davomida tayinlanadi. Desensibilizatsiyalovchi va siptomatik prepa- ratlar buyuriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida kortikosteroidlar qo‘llanadi. Trinxinelloz profilaktikasida albatta go‘sht trixinellalarga tekshiriladi. Kompressoriumda 24 ta go‘sht kesmalaridan birortasida bittagina trixinella topilsa ham, go‘sht iste’moldan chetlashtiriladi va yo‘qotiladi. Hayvonlarni nazoratdan o‘tkazmasdan turib uy sha- roitida so‘yish mumkin emas. Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borishda go‘shtni mayda bo‘lakchalar holida kamida 2,5 soatgacha qaynatilgandagina trixinellalar nobud bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Boshqa usullar — uzoq muddat muzlatish, tuzlash yoki qoqi qilish (quritish) kabilar go‘shtni zararsizlantira olmaydi. Nazorat savollari Trixinellalar haqida gapirib bering.
Odamga trixinelloz qanday yuqadi?
Trixinellozning kardinal simptomlarini gapirib bering.
Trixinelloz tashxisida qanday serologik reaksiyalar o‘tkaziladi?
Trixinelloz profilaktikasi va davosi haqida gapirib bering.
Parazitar kasalliklar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar Balantidiaz gelmintozlarga kiradimi?
A) ha; B) yo‘q. Bezgak protozoy kasallikmi?
A) ha; B) yo‘q. Amyoba ayrim jinslimi?
A) ha; B) yo‘q. Et uvushishi, isitma va terlash (triada belgi) bilan kechadigan xuruj toksoplazmozga xosmi?
A) ha; B) yo‘q. Askaridalar nafas yo‘llariga tushishi mumkinmi?
A) ha; B) yo‘q. Protozoa so‘zi nimani anglatadi?
A) gelmintlar; B) sodda organizmlar; C) sporalar; D) sistalar; E) xivchinlar. Amyobaga xos xarakterli belgilarni ko‘rsating: jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, xivchinlari mavjud; B) bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘payadi; C) xivchinlari yo‘q, harakatlana olmaydi; D) yolg‘on oyoqlar hosil qiladi, harakatlanadi; E) B va D. Amyobiazni davolashda ishlatiladigan asosiy preparat nima?
A) penitsillin; B) furazolidon; C) emetin gidroxlorid; D) kalsiy glyukonat; E) tiamin bromid. Leyshmaniozni davolashda asosan qanday preparat qo‘llanadi?
A) levomitsetin; B) trixopol; C) emetin gidroxlorid; D) solyusurmin; E) papaverin gidroxlorid. Lamblioz tuzilishiga xos bo‘lgan javobni belgilang: tanasining oldingi qismi to‘mtoq, orqa qismi o‘tkir, 4 juft xivchinga ega, uzunasiga bo‘linadi;
tanasining oldingi qismi o‘tkir, orqa qismi to‘mtoq, xivchinga ega emas, ko‘ndalang bo‘linadi;
noksimon shaklda, harakatchan, 4 ta yadroga, 2 juft xivchinga ega, sista hosil qiladi;
Noksimon shaklda, 4 ta yadro, 2 juft xivchinlari mavjud, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi;
C va D. Bezgak plazmodiylari necha xil bo‘ladi?
A) 2 xil; B) 5 xil; C) 4 xil; D) 3 xil; E) 8 xil. Bezgak xurujidagi triada (uchta) simptomni ko‘rsating:
A) isitma, terlash, toshmalar; B) et uvushishi, terlash, taxikardiya; C) et uvushishi, isitma, terlash; D) isitma, toshmalar, gipotoniya; E) et uvushishi, qusish, nafas qisishi. Bezgakda kuzatiladigan gemoglobinuriyali isitmaga nima sabab bo‘ladi?
A) taloq yorilishi; B) qon ivishininig pasayishi; C) siydikda oqsil paydo bo‘lishi; D) qon ivib qolishi; E) eritrositlar gemolizi. Toksoplazmalarga xos bo‘lmagan belgini ko‘rsating: bir uchi o‘tkir, ikkinchisi to‘mtoq; B) uzunligi 4—7 mkm; sista hosil qilmaydi; D) yarim oysimon yoki apelsin bo‘lagi shaklida; E) dengiz cho‘chqalari sezgir. Sarkosistalar asosan qanday yuqadi? havo orqali; B) go‘sht orqali; C) chang orqali; D) pashsha orqali; E) A va C. Gelmintozlarga qanday kasalliklar kiradi? opistorxoz, amyobiaz; B) teniarinxoz, lamblioz; C) exino- kokkoz, bezgak, D) alveokokkoz, balantidiaz; E) askaridoz, enterobioz. Pakana sepenning oxirgi, oraliq xo‘jayini va invaziya manbai kim? oxirgi xo‘jayini — odam, oraliq xo‘jayini — qoramol, invaziya manbai — odam;
oxirgi xo‘jayini — odam, oraliq xo‘jayini — odam, invaziya manbai — odam. Exinokokklar uchun xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsating: 0,5 sm gacha bo‘lgan oq sestoda, 4 ta so‘rg‘ichli skoleksdan iborat, tanasi tasmasimon;
3 sm gacha bo‘lgan oq trematoda, 3 ta so‘rg‘ichli skoleksdan iborat, tanasi yumaloq;
5,5 sm gacha bo‘lgan oq sestoda, so‘rg‘ichlari yo‘q, tanasi tasmasimon;
0,1 sm gacha bo‘lgan oq trematoda, so‘rg‘ichlari yo‘q, tanasi yumaloq;
2,5 sm gacha bo‘lgan oq sestoda, so‘rg‘ichlari yo‘q, tanasi yumaloq. Jigar exinokokkozi uchun qanday belgilar xarakterli? ko‘ngil aynishi, qusish, yo‘tal, balg‘am ajralishi;
qorinda og‘riq, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik, qusish, ich buzilishi;
to‘g‘ri javob berilmagan. Bosh qismida kam ilmoqlar mavjud, bachadoni o‘simtalarsiz yumaloq shaklda, lichinkalik davri yagona qattiq tugunni hosil qiluvchi mayda pufakchalardan iborat (alveolalar, ya’ni ko‘p kamerali). Bu xususiyatlar qaysi gelmint uchun xarakterli? exinokokk; B) opistorx; C) alveokokk; D) klonorx; E) askarida. Oq rangda nematoda, uzunligi 9—12 mm (urg‘ochisi)dan 3— mm (erkagi)gacha, bosh qismi kutikular kengaygan bo‘lib,
yopishish vazifasini bajaradi. Dum qismi o‘tkirlashgan (nomi shundan kelib chiqadi), tanasidan tuxumlarga to‘lgan bachadon ko‘rinib turadi. Erkagining dum qismi egilgan. Bu xususiyatlar qaysi gelmintga tegishli va u qanday kasallik chaqiradi?
a) exinokokkoz b) teniarinxoz klonorxoz
tenioz
f) enterobioz qoramol solitori
ostritsa
exinokokk
strongiloid
cho‘chqa solitori
A) 4e; B) 3a; C) 2f; D) 1f; E) 5b. Ko‘richakka tushganda o‘tkir appenditsit, biliar sistemaga kirsa o‘t pufagi sanchig‘i, obturatsiyali sariqlik, yiringli xolesistit, jigar abssessi, peritonit kuzatiladi. Ichaklar perforatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. U qizilo‘ngach orqali tomoqqa ko‘tarilib, so‘ngra nafas yo‘llariga tushadi va asfiksiya natijasida ko‘pincha bemor o‘ladi. Bunday og‘ir asoratlarga sabab bo‘luvchi gelmint nima va bu asoratlarning asosiy sababi nimaga bog‘liq?
A) ostritsa, juda tez ko‘payadi; B) exinokokk, pufak yorilishi tufayli; C) alveokokk, pufak yorilishi tufayli; D) askarida, faol harakati tufayli; E) qoramol solitori, uzunligi tufayli. Trixosefaloz odamga qanday yuqadi?
A) iflos qo‘llar orqali; B) sut va go‘sht mahsulotlaridan; C) mevalar va sabzavotlardan; D) chivinlar chaqishidan; E) A va C. Strongiloidga xos belgilarni ko‘rsating: odamning ingichka ichagida yashaydi;
mayda ipsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi 2—3 mm;
yirik sestoda, germafrodit, uzunligi 20—30 mm;
mayda sestoda, ayrim jinsli, uzunligi 0,5—1 mkm;
A va B. Trixinellalar uchun xos bo‘lmagan belgini ko‘rsating: ayrim jinsli; B) mayda nematoda; C) kattaligi 1—3 mm; D) ingichka ichak shilliq pardasida rivojlanadi; E) kattaligi 1—3 sm. Amyobiaz bu tropik va subtropik mamlakatlar gelmintozi bo‘lib, siydik pufagi va to‘g‘ri ichakning mayda venalarida parazitlik qiladi. Bunda asosan siydik-tanosil sistemasi, ichak, jigar, taloq va ba’zan nerv sistemasi zararlanadi.
o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘pkaning zararlanishi bilan xarakterlanadi (qo‘zg‘ atuvchisi iyersiniyalar).
o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, isitma va infeksiyaning kirish darvozasiga bog‘liq ravishda limfatik tugunlar, teri, shilliq pardalar va o‘pka zararlanishi bilan kechadi.
protozoy kasallik bo‘lib, ichakning yarali zararlanishi, ayrim holatlarda esa jigar, bosh miya abssesslari, o‘pka va boshqa a’zolarning zararlanishlari bilan xarakterlanadi.
isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi yoki o‘pka va ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir. Leyshmanioz og‘ir o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmga zararlangan teri va ba’zan shilliq qavatlar orqali tushadi, toksinlari markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi, skelet mushaklarining tonik tarang- lashishi va keng yoyilgan talvasalar kuzatiladi.
protozoy transmissiv kasalliklar guruhi bo‘lib, ko‘pincha ichki a’zolar (visseral shakli) yoki teri hamda shilliq pardalar (teri shakli) zararlanishi bilan xarakterlanadi.
o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, septik kechishi, teri va shilliq qavatlarda pustulalar va yaralar, ichki a’zolarda esa ko‘plab abssesslar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya, og‘iz shilliq pardalarining aftoz (mayda pufakchalar hosil qilib) va kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.
og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir, qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslarga kiradi, u bosh miyani zararlab, spetsifik kiritmalar
Babesh-Negri tanachalarini hosil qiladi.
Bezgak parazitar kasallik bo‘lib, limfadenopatiya, jigar va taloq kattalashishi, nerv sistemasi, ko‘pincha skelet mushaklari, mio- kard va ko‘z zararlanishi bilan xarakterlanadi.
peroral biogelmintoz bo‘lib, odam invaziyalangan itlar bilan yaqin aloqada bo‘lganda va uning onkosferalari bilan ifloslangan sabzavot va mevalarni xomligicha iste’mol qilganda o‘ziga parazitlarni yuqtiradi, a’zolarda lichinka — pufak o‘sadi. Onkosferalarning katta qismi jigarda ushlanib qoladi.
o‘tkir protozoy kasallik bo‘lib, isitma xuruji, anemiya, jigar va taloq kattalashishi bilan kechadi.
qo‘zg‘atuvchisining lichinkasi (ko‘p kamerali pufagi) kemi- ruvchilardan ondatra, dala sichqoni va ba’zan odam organizmida rivojlanadi. Yirtqichlar kemiruvchilarni yeganda zararlanadi.
tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistema zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir.
29. Opistorx xitoy so‘rg‘ichi — tana oxirida joylashgan shoxlangan tuxum- doni mavjud. Tuxumlari och tilla rangda bo‘ladi. Peroral biogel- mintoz, zoonoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Oxirgi xo‘ja- yini va invaziya manbai — odam va etxo‘r (yirtqich) hayvonlardir (mushuk, it va b.), oraliq xo‘jayini — molluskalar.
qoramol solitori deb nomlanadi. Tasmasimon shakldagi tanasi 2000 tagacha bo‘g‘imlardan iborat, uzunligi 7—10 m gacha yetadi. Chuvalchangning boshchasi 1,5—2 mm diametrda bo‘lib, to‘rtta so‘rg‘ichi mavjud. O‘sish zonasi hisoblangan ingichka bo‘yni bir qancha bo‘g‘imlarga bo‘lingan tana bilan qo‘shiladi.
birinchi marta 1884-yilda Sibirda mushuklarda aniqlangan, shuning uchun mushuk yoki Sibir so‘rg‘ichi nomini olgan. Uning tanasi lansetsimon tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 1 sm gacha bo‘lishi mumkin. Tanasining oldingi qismida ikkita so‘rg‘ichi, orqada esa ikkita yirik to‘rt va besh kaftli tuxumdoni bor.
cho‘chqa solitori deyiladi. U tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoramol solitoriga o‘xshaydi. Uzunligi 3 m dan oshmaydi, tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlardan tuzilgan. Boshchasida 4 ta so‘rg‘ichdan tashqari 22—32 tacha ilmoqlar mavjud. Yetilgan bo‘g‘imlar 50 mingga yaqin tuxumga ega bo‘ladi, ular qoramol solitoridagiga nisbatan ancha kalta, bachadoni esa 8—12 ta yon shoxchalardan iborat.
o‘simtalarsiz sharsimon bachadonga ega, uning lichinkalik davri ko‘plab mayda pufakchalardan tarkib topgan bo‘lib, ular yagona qattiq tugunni hosil qiladi. Xuddi shunday tuzilishga ega bo‘lganligi sababli bu parazit alveolalar, ya’ni ko‘p kamerali degan nom olgan. masala
U. ismli 54 yoshdagi bemor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Kasallik nisbatan o‘tkir boshlangan. Umumiy holsizlik, ishtaha pasayishi, qorinda og‘riq kuzatilgan. So‘ngra shilliq va qon aralash ich keta boshlagan, ich 15 marta ketgan, najas xarakterini yo‘qotgan. Bemorni tenezmlar bezovta qilgan. Endoskopik tekshirishda yo‘g‘on ichakda 2 mm dan 20 mm gacha yaralar aniqlanadi. Qaysi kasallikka o‘xshaydi?
Qanday tekshirish usullaridan foydalaniladi?
Najasda bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Mazkur kasallikni davolash haqida gapirib bering. masala
K. ismli 53 yoshdagi bemor shifoxonaga yotqizildi. Kasallik asta- sekin boshlangan. Dastlab holsizlik, ishtaha pasayishi, tana harorati ko‘tarilishi kuzatilgan. Tana harorati to‘lqinsimon tarzda ko‘tarilib- tushib turgan. Tekshirib ko‘rilganda jigar va taloq kattalashgan. Taloq qorin bo‘shlig‘ining uchdan ikki qismini egallaydi. Limfatik tugunlar kattalashgan, og‘rimaydi. Qonda anemiya belgilari mavjud. Laboratoriya tekshiruvlarida ovalsimon tanali, hujayraning uchdan bir qismini egallagan yumaloq yadroli hujayra aniqlandi. Yadro yonida kalta tayoqcha shaklida kinetoplast topildi. Romanovskiy usulida bo‘yalganda sitoplazma osmon rangga, yadro qizil-binafsha, kinetoplast yadroga nisbatan intensiv bo‘yaldi. Qanday kasallikka o‘xshaydi?
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari nima?
Bemorda kasallikning qaysi turi mavjud?
Kasallikning yana qanday turlarini bilasiz?
Bunday bemorlarni qanday davolaysiz? masala
Y. ismli 45 yoshdagi bemor shifoxonada davolanmoqda. U kasallanishdan oldin 2 yil davomida chet ellarda bo‘lib kelgan. Bemorda kasallik xurujlar shaklida uchrab turgan. Xurujlar ma’lum vaqtlarda (har ikki kundan keyin) takrorlangan. Xurujlar quyidagi tartibda bo‘lgan: avvalo kuchli et uvushishi kuzatilgan, issiq kiyinib ustiga adyol yopsa-da, isimagan, bu davr 1,5 soat davom etgan. Shundan keyin tana harorati tezda 41°C gacha ko‘tarilgan. Bu vaqtda kuchli bosh og‘rig‘i, bel va oyoqlarda og‘riq sezilgan. Bemor ko‘ngli aynib qusgan, hatto alahsirash hollari bo‘lgan. Harorat birdaniga tushgan va kuchli ter bosgan, bu vaqtda intoksikatsiya belgilari kamaygan. Bemor o‘zini ancha yengil his etib, uxlab qolgan, bir necha soatlardan keyin uyg‘onganda ahvoli ancha yaxshi bo‘lgan. Qanday kasallik belgilari kuzatilgan?
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari haqida nimalarni bilasiz?
Xurujning ma’lum davrlar bilan takrorlanishiga sabab nima?
Bu kasallikning asoratlarini gapirib bering.
Tashxisni tasdiqlash uchun asosan nima tekshiriladi?
Kasallikni davolash va profilaktikasi haqida nimalarni bilasiz? masala
Sh. ismli 57 yoshli bemor shifoxonaga yotqizildi. Uning asosiy shikoyatlari: ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, qon tupurish, bo‘g‘ilish. Yo‘tal avvaliga quruq bo‘lib, hozirgi kunda balg‘am aralash. Labo- ratoriyada tekshirilganda 0,5 sm atrofidagi oq rangli mayda hujayra aniqlandi. U skoleksga ega bo‘lib, unda 4 ta so‘rg‘ich va ilmoqlar mavjud. Tanasi tasmasimon shaklda bo‘lib, bir necha bo‘g‘imlardan tuzilgan. Qanday kasallikka gumon qilish mumkin?
Kasallikni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkazish mumkin?
Mazkur bemorda kasallikning qanday turi kuzatilgan?
Kasallikning bu turi nimasi bilan xavfli?
Davolash haqida gapirib bering. masala yoshdagi N. ismli bolada quyidagilar kuzatilgan: perianal sohada qichishish. Qichishish ko‘pincha tunda ko‘proq bezovta qiladi. Hozir u juda kuchli bo‘lib, kecha-yu kunduz kuzatilmoqda. Qashlangan joylarda yaralar paydo bo‘lgan. Uyqu buzilgan, bola juda ta’sirchan, injiq va ko‘p yig‘laydi, ozib ketgan. Onasining aytishicha, «mayda ipsimon qurtchalar» ajralgan. Qanday kasallikka o‘xshaydi?
Bu kasallikning qo‘zg‘atuvchilari nima va ularning qisqacha ta’rifi qanday?
Tashxisni tasdiqlash uchun qanday material, qaysi vaqtda va qanday tartibda olinadi?
Bu kasallikda degelmintizatsiya qanday o‘tkaziladi?
Kasallik profilaktikasini gapirib bering. masala
K. ismli 10 yoshli bemor shifoxonaga yotqizildi. Uning ishtahasi pasaygan, ozib ketgan. Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilgan. Ayrim vaqtlari ich ketgan. Jigar kattalashgan. Onasining aytishicha, bola injiq bo‘lib qolgan. O‘qishi pasayib ketgan. Laboratoriya tekshiruvida quyidagilar aniqlandi: yirik (30 sm) hujayra. Tanasi uchlarida o‘tkirlashgan, qattiq kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida uchta yirik labi mavjud. Tuxumlari ham aniqlangan bo‘lib, ular 0,05 mm kattalikda, qattiq g‘adir-budur qobiq bilan o‘ralgan. Tuxumlar urug‘langan. Uning tashqi qobig‘i sarg‘ish- qo‘ng‘ir rangda. Tuxum ichida to‘q rangli embrion hujayra aniq- landi. Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi nima va unga qanday ta’rif berasiz?
Urug‘langan tuxumlar urug‘lanmagan tuxumlardan qanday farqlanadi?
Mazkur bemorda kasallikning qaysi bosqichi kuzatilgan?
Bunday bemorlarni davolash haqida gapirib bering.
Kasallik profilaktikasi qanday? masala
Parazitologiya klinikasiga 12 yoshli K. ismli bemor yotqizildi. Laboratoriya tekshiruvi natijasida quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan hujayra aniqlandi: oldingi qismi yupqalashgan, ip yoki sochni eslatadi va tana uzunligining uchdan ikki qismini egallaydi. Tuxum- lari ham bo‘lib, ular shakliga ko‘ra, limonni eslatadi, qutblarida tiqinlar mavjud. Qobig‘i silliq, qalin, ko‘p qavatli. Tuxumlari ichi- dagi massa mayda donador ko‘rinishda. Qanday gelmint haqida o‘ylash mumkin?
Bu gelmint qanday kasallikka sabab bo‘ladi va u qanday yuqadi?
Bu kasallik klinikasi qanday?
Davolash qanday o‘tkaziladi?
Kasallik profilaktikasini gapirib bering.
8-masala Mayda, ayrim jinsli, tirik tug‘adigan nematoda, uzunligi 1—3 mm. Yetilgan gelmintlar etxo‘r hayvonlar hamda odamning ingichka ichagi shilliq qavatida rivojlanadi. Ular qo‘zg‘atadigan kasallik peroral biogelmintoz. Kasallik odamga yetarlicha termik ishlanmagan go‘sht iste’mol qilganda yuqadi. Lichinkalar oshqozonda va ichakda kapsu- ladan ozod bo‘ladi va 2 sutkadan keyin yetilgan holda uchraydi. Urg‘ochilari 3—6 haftadan keyin ko‘plab tirik lichinkalar tug‘adi, ular esa ichak devorlaridan qon va limfaga o‘tadi, xo‘jayinining ko‘ndalang-targ‘il mushaklarida cho‘kadi. Lichinkalar bora-bora kalsifikatsiyalanadi va ulardagi lichinkalar o‘ladi. Qaysi gelmint haqida gap borayapti ?