Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishning asosiy usullari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar Tekshirish materiali sifatida qon (zardob) olib serologik reaksiya qo'yish mumkinmi?
A) ha; B) yo'q. Bemor o'tirgan holda lumbal punksiya o'tkazish mumkinmi? A) ha; B) yo'q.
Rektoromanoskopiya yordamida meningokokk infeksiyasiga tashxis qo'yish mumkinmi?
A) ha; B) yo'q. Mikroorganizmlarni bevosita aniqlash usulini belgilang.
A) rentgenologik; B) biologik; C) biokimyoviy; D) serologik; E) bakteriologik. Mikroorganizmlarni bilvosita aniqlash usulini belgilang.
A) serologik; B) bakterioskopik; C) bakteriologik; D) bio- logik; E) A va D. Bakterioskopik tekshirish qaysi kasallikda ko‘proq ishlatiladi?
A) bezgak; B) virusli gepatitlar; C) OITS; D) A va B; E) to‘g‘ri javob yo‘q. Biologik tekshirish deganda nimani tushunasiz?
A) materialni ekish; B) surtmani mikroskopda ko‘rish; C) be- mordan anamnez yig‘ish; D) materialni tajriba hayvonlariga yuq- tirish; E) B va C. Agglutinatsiya reaksiyasi qanday reaksiya turiga mansub?
A) baktekrioskopik; B) bakteriologik; C) biologik; D) sero- logik; E) A va C. Bakteriologik usul qaysi kasallikda qo‘llanilmaydi?
A) salmonelloz; B) dizenteriya; C) quturish; D) meningit; E) qorin tifi. Qanday reaksiya turi serologik reaksiyaga kirmaydi?
A) agglutinatsiya reaksiyasi; B) presipitatsiya reaksiyasi; C) komplementni bog‘lash reaksiyasi; D) teri-allergik reaksiyasi; E) immunoflyuoressensiya reaksiyasi. Teri-allergik sinamasi qo‘yish bo‘yicha noto‘g‘ri javobni belgilang.
A) allergen (antigen) dan foydalaniladi; B) 0,1 ml miqdorda yuboriladi; C) bilakning kaft sohasiga qo‘yiladi; D) mushak orasiga qilinadi; E) natijasi 24—48 soatdan keyin ma’lum bo‘ladi. Orqa miya punksiyasi asosan qaysi kasallikda o‘tkaziladi? vabo; B) meningit; C) virusli gepatitlar; D) dizenteriya; E) bezgak. Normada orqa miya suyuqlig‘iga xos bo‘lmagan belgini ko‘r- sating. suyuqlik tomchilab chiqadi; B) suyuqlik loyqa; C) suyuqlik tiniq; D) suyuqlik bosim bilan chiqadi; E) B va D. Epidemiologik anamnez orqali nimalarni aniqlab olish mumkin? bemorlar bilan aloqada bo‘lganligi, oilada nechanchi farzand, ota-onalarida qanday kasalliklar mavjudligi, yurak, nafas, nerv va siydik ajratish sistemasidagi o‘zgarishlar;
qon, najas, siydik va orqa miya suyuqlig'idagi o'zgarishlar, EKG ma’lumotlari, mikroorganizmlarni bakteriologik usulda o'stirish, chet ellarda bo'lganligi;
bemorlar yoki kasal hayvonlar bilan aloqada bo'lganligi, ilgari og'rigan yuqumli kasalliklari, o'tkazilgan profilaktik em- lashlar, kasbi (masalan, chorvador, sut sog'uvchi);
kasal hayvonlar bilan aloqada bo'lganligi, oilada yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlar borligi, auskultatsiya, perkussiya va palpatsiya ma’lumotlari;
yuqumli kasalliklar yuqishi mumkin bo'lgan joylarda bo'lganligi, kasbi — chorvador, sut sog'uvchi, uchuvchi, yurak, nafas yo'llari, nerv sistemasini tekshirish orqali aniqlangan ma’lu- motlar. Bakterioskopik usul bu tekshirish materialini tajriba hayvonlariga yuborish orqali ularni zararlashdir, bu usul tekshirishning bilvosita usuliga misol bo'ladi va natija tez muddatda olinadi (masalan, botulizmda);
tekshirish materiallarini har xil oziq muhitlariga ekib ularni o'stirish va mikroskopda tekshirish usulidir, bu usul tekshirishning bevosita usuliga misol bo'ladi (masalan, salmonellozda);
bakteriyalarning organizmga tushishi natijasida qonda va siydikda kuzatilishi mumkin bo'lgan umumiy o'zgarishlarni aniqlash bo'lib, bu usulda qon, siydik va najasning umumiy tahlili qilinadi;
qon zardobidagi kasallikka qarshi antitelolarni aniqlash usuli bo'lib, bu usul tekshirishning bilvosita usuliga kiradi (masalan, qorin tifida);
yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining bo'yalgan prepa- ratlarini mikroskopiya qilish usulidir (masalan, bezgak kasalligida). Tekshirishning allergik sinamalar usuli bu tekshirish materiali hisoblangan qon tarkibidagi antitelolarni agglutinatsiya reaksiyasi yordamida tekshirishdir;
organizmga (teri ichiga) qo'zg'atuvchi antigenini kiritish orqali tekshirish bo'lib, natijasi odatda 24—48 soatdan keyin tekshiriladi;
antibiotiklar yuborishdan oldin organizm sezgirligini aniq- lash uchun qo'yiladigan teri-allergik sinamasidir;
bemor allergik holatga (masalan, shokka) tushgan vaqtda o'z vaqtida allergenni aniqlash va bunga to'g'ri yordam ko'rsatishdir;
har xil yuqumli kasalliklarda teriga allergik toshmalar toshib, toshmalar shakli va kattaligiga qarab kasallikka tashxis qo'yish usulidir.