E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Kasallik residivi vaqtida 5—7 kun davomida levomitsetin yoki ampitsillin bilan davolash kursi o‘tkaziladi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə48/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Kasallik residivi vaqtida 5—7 kun davomida levomitsetin yoki ampitsillin bilan davolash kursi o‘tkaziladi.
Rekonvalessentlar to‘liq klinik sog‘ayishdan, axlat va siydik tif- paratif mikroblari guruhiga uch marta, o‘t suyuqligi esa bir marta bakteriologik tekshirilib ijobiy natija olinmagan taqdirda hamda antibiotiklar bilan davolaganda tana harorati normaga tushgandan kamida 21—23 kun, antibiotiklar bilan davolanmaganda esa 14 kundan keyin Vi-agglutinatsiya reaksiyasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda shifoxonadan chiqariladi. Axlat va siydikni birinchi bakteriologik tekshirish antibiotiklar to‘xtatilgandan 2 kun keyin, keyingilari 1—

  1. kunlik interval bilan, o‘t suyuqligi esa normal tana haroratining 10- kuni o‘tkaziladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Tif-paratif kasalliklari profilaktikasida umumiy sanitar-gigiyenik tadbirlar muhim rol o‘ynaydi. Bu tadbirlarga quyidagilar: aholi punktlarining sifatli ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi, kanalizatsiyalar tashkil qilinishi, pashshalarni yo‘q qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga, xususan ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni yuvish kabilarga munta- zam ravishda rioya qilish kiradi. Kanalizatsiyalarni tozalash va axlatlarni zararsizlantirish bo‘yicha nazorat o‘rnatish hamda aholi orasida ichak infeksiyalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish katta ahamiyatga ega.
Infeksiya o‘chog‘ida kasallik qo‘zg‘atuvchisi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor yoki bakteriya tashuvchisi shifoxonaga yotqizilguniga qadar joriy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shifoxonaga yotqizilgandan keyin yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi.
Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 21 kun davomida tibbiy nazorat ostida bo‘lishlari zarur. Bunda ularning tana harorati har kuni o‘lchab boriladi. Bir marta, ko‘rsatmalar bo‘yicha esa — ikki marta najas va siydik bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ilgari qorin tifi bilan og‘riganlar hamda jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari bilan og‘riydigan kishilarda o‘t suyuqligi ekma qilinadi va qon BGAR ga tekshiriladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin