E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə96/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Tipik kechishda va aniq meningeal sindrom bo‘lganda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin bunday vaqtda ham boshqa yiringli meningitlar (pnevmokokkli, stafilokokkli va b.) dan farqlash uchun bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Umumklinik va biokimyoviy tekshirish usullari. Meningokokk infeksiyasining tarqalgan shakllarida qonda yuqori leykositoz va ECHT ning oshishi (40—60 mm/soatgacha) kuzatiladi. Anemiya va qon ivuvchanligining oshishi aniqlanadi. Siydik tekshirilganda toksik albuminuriya va silindruriya uchraydi, ayrim hollarda eritrositlar paydo bo‘ladi.
Meningokokk infeksiyasida laboratoriya tashxisining spetsifik usullaridan bakteriologik tekshirishlar katta ahamiyatga ega. Meningokokk infeksiyasida orqa miya suyuqligi, qon, burun-tomoq shilliq moddasi, toshma elementlari tekshirish materiallari bo‘lib hisoblanadi. Xususan qo‘zg‘atuvchi yuqori haroratga juda sezgir, olingan material 36—37°C da saqlanishi zarur. Meningokokklarning boshqa patogen mikroblardan farqi shundaki, ular optimal haroratdan past haroratga sezgir hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda ekma bemor yotog‘i oldida bajariladi, bakteriya tashuvchanlikka material esa laboratoriyaning o‘zida olingani ma'qul. Material va ekmalar izotermik konteynerlarda tashiladi. Bundan tashqari material va ekmalar quyosh yorug‘ligidan himoya qilinishi zarur, chunki meningokokk yorug‘likda 1 soatda o‘ladi. Asosiy muhit sifatida 20% li zardobli agar, boyitish muhiti sifatida — 0,1 % li yarim suyuq agar qo‘llanadi. Muhitlar yangi olingan bo‘lishi va muzlatgichda bir sutkadan ko‘p saqlangan bo‘lmasligi kerak.
Meningokokksemiyaga gumon qilinganda venadan olingan 50 ml 0,1% li yarim suyuq agarga ega, flakondagi qondan (5—10 ml) ekma qilinadi. Tekshirish uchun qon teridagi toshmalarning periferik qismlaridan olinishi mumkin. Sutkalik inkubatsiyadan keyin Petri kosachasidagi zardobli agarga ekma qilinadi. Ijobiy natijalar qon ekma qilinganidan 2 kun ilgari va 9—10 kundan kech bo‘lmagan vaqtda olinadi.
Burun-tomoq shilliq moddasi meningokokk infeksiyasining barcha shakllarida bakteriologik tekshiriladi, lekin meningokokkli nazofaringit va bakteriya tashuvchanlikda bu katta ahamiyatga ega. Burun-tomoqdan material nahorda yoki ovqatdan 3—4 soat keyin olinadi. Egilgan simga o‘rnatilgan steril tampon uchi yuqoriga qaratilgan holda yumshoq tanglay ostidan burun-tomoqqa yetkaziladi. Albatta shpatel yordamida til ildizi bosiladi. Tamponni chiqarishda u tishlar hamda lunj shilliq qavati va tilga tegmasligi zarur. Ekma qilinmagan tamponlar labora- toriyaga yuborilishi mumkin emas. Olingan material qattiq muhitli kosachaga shu joyning o‘zida ekiladi. Elektiv muhit hisoblanmaydigan zardobli agardan tashqari, bir vaqtda grammusbat kokklarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan muhitga ekma ekish tavsiya qilinadi. Yakuniy natija tekshirishning 4-kuni olinadi.
Meningokokkli meningit tashxisida lyumbal punksiya (orqa miya suyuqligini tekshirish) hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mazkur muolaja meningitga salgina gumon qilingan taqdirda ham o‘tkaziladi. Normada orqa miya suyuqligi rangsiz tiniq bo‘lib, 1 mkl da 2—8 hujayra mavjud. Oqsillar miqdori — 150—450 mg//, glukoza — 2,5—4,16 mmol//, xlor — 118—132 mmol//. Globulin reaksiyalari (Pandi, Nonne-Appelt) ijobiy emas. Orqa miya suyuqlig‘i bosimi 130—180 mm suv ustunida, ya'ni likvor punksion ignadan minutiga 30—60 tomchi tezlikda oqib tushadi. Meningokokkli meningitda likvor odatda loyqa, hujayra elementlari juda yuqori bo‘lib, 1 mkl da 5000—10000 va undan ham yuqori bo‘ladi, ayrim hollarda ularni hatto sanab bo‘lmaydi. Oqsil miqdori bir necha barobar oshadi, globulinli reaksiyalar doimo ijobiy bo‘ladi. Glukoza va xlor miqdori pasayadi. Orqa miya suyuqlig‘i bosimi yuqori (300—500 mm suv ustunida) bo‘lib, u tez-tez tomchilab chiqadi. Orqa miya punksiyasini respiratorda o‘tkazish kerak. Likvorning birinchi porsiyasi (1 ml ga yaqin) umumiy likvoro- logik tekshirish uchun alohida probirkaga olinadi. Bakteriologik tekshirish uchun mo‘ljallangan ikkinchi porsiya steril probirkaga yig‘iladi. Ekmaning dastlabki natijasi 1—2, yakuniy natija esa 3—4 kundan so‘ng olinadi. Meningokokkning toza kulturasini boyitish usuli yordamida ajratib olishda yakuniy natija 7—8 kundan so‘ng olinadi.
Bo‘yalgan orqa miya suyuqligi surtmasini bevosita mikroskopiya qilish (bakterioskopik usul) meningokokkli meningitga tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Gemorragik toshma elementlari yuzasidan qirib olingan material, qon, burun-tomoq shilliq moddasi, o‘lim kuzatilganda ichki a'zolar ham bakterioskopik tekshiriladi.
Meningokokksemiyaga tashxis qo‘yish uchun yirik qon tomchi preparatini bakterioskopik tekshirish mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin