E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə104/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktika asosan — chechakka qarshi emlashdan iborat. Hozirgi vaqtda chin­chechak tugatilganligi uchun emlash o‘tkazilmaydi. Har bir chechak kasalligi yoki unga gumon qilingan holatlarga o‘ta muhim hodisa sifatida qaraladi. Mamlakatimizda chetdan chinchechak kiritilganligi aniqlansa yoki bu infeksiyaga gumon qilingan bemor aniqlangan hollarda darhol bemor izolatsiya qilinadi. Barcha aloqada bo‘lganlarni alohida ajratilgan binolarga izolatsiya qilinadi. Ular zudlik bilan chechakka qarshi emlanadilar va 17 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.
Statsionar (izolyator, gospital)da o‘ta xavfli infeksiya uchun qabul qilingan epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar o‘tkaziladi. Bemorlarni parvarish qilish uchun maxsus tibbiy xodim ajratiladi va u himoya kostyumida ishlaydi. Bemor joylashgan bino va u tekkan buyumlar 3% li xloramin yoki 5% li lizol eritmasi yordamida dezinfeksiya qilinadi; idishlar, tufdon va tuvaklar qaynatiladi. Bemorga ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari va tamponlar kuydiriladi.
Nazorat savollari

  1. Chinchechak etiologiyasi va patogenezi haqida gapirib bering.

  2. «Simon uchburchagi» simptomi qachon paydo bo‘ladi?

  3. Toshmalar paydo bo‘lish dinamikasi qanday?

  4. Chinchechakka gumon qilinganda tibbiy xodim vazifasi nima- lardan iborat bo‘ladi?

  5. Chinchechakda laboratoriya tekshiruvlari uchun material olish qoidalari qanday?

  6. Virusologik tekshirish uchun qanday material olinadi?

  7. Chinchechak tashxisi qo‘yilgan bemorlarni shifoxonadan chiqarish tartibi qanday?

  8. Chinchechakning infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘t- kaziladi?

Infeksion mononukleoz (mononucleosis infectiosa)

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin