E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə106/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davri o‘rtacha 7—15 kun (1 kundan 1 oy­gacha) cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, isitma chiqadi (38— 39°C). Harorat odatda noto‘g‘ri tipda, ba’zan to‘lqinsimon va remit­tirlovchi xarakterda bo‘ladi. Isitma davrining davomiyligi 5—7 kundan 1 oygacha davom etadi. Birinchi kundan holsizlik, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, terlash, keyinchalik — yutinganda tomoq og‘rishi kuzatiladi. Burun-tomoq limfoid to‘qi- masi shishganligi sababli, burundan nafas olish qiyinlashadi. Isitmadan tashqari eng xarakterli belgilardan biri — bu tonzillit, limfatik tugunlar kattalashishi va periferik qondagi o‘zgarishlardir.
Tonzillit kasallikning birinchi kunidayoq yoki isitma davrida rivojlanadi. U kataral, lakunar yoki yarali-nekrotik bo‘lishi mumkin.
Poliadenit — limfatik tugunlar (bo‘yin, qo‘ltiq osti, chov, ensa, o‘mrov usti va b.) kattalashishi kasallikning xarakterli belgilaridan hisoblanadi. Tugunlar loviya, yong‘oq hajmida va undan ham katta bo‘lib, qattiqroq konsistensiyalidir. Ular o‘zaro qo‘shilmagan va deyarli og‘rimaydi. Atrof to‘qimalarda ozroq shish bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik bemorlarda jigar va taloq kattalashadi, bu ozroq sariqlik hamda jigar funksiyasining buzilishi — bilirubin miqdori va aminotransferazalar faolligining oshishi bilan kechishi mumkin.
Mononukleozning nomi va mohiyatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rinishi periferik qonning o‘zgarishi bo‘lib, u kasallikning dastlabki kunlari rivojlanadi. Bir yadroli elementlar (limfositlar, monositlar) miqdorining oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladigan leykositoz 15.109// —20.109// (15.103 — 20.103/mm3) kuzatiladi. ECHT uncha oshmaydi.
Infeksion mononukleozning yagona klassifikatsiyasi yo‘q. Kasallik tipik va atipik shakllarda kechishi mumkin. Kasallik atipik kechganda asosiy belgilar — tonzillit, limfatik tugunlar, jigar yoki taloq kattalashishi yoki biror belgi — toshma, nekrotik tonzillit va boshqalarning juda kuchli rivojlanishi kuzatiladi. Ayrim hollarda esa klinik belgilarsiz faqat xarakterli gematologik o‘zgarishlar qayd etiladi. Klinik ko‘rinishlarning og‘irligiga qarab: yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shakllari farqlanadi. Taloq, ayniqsa jigar o‘lchamlari juda sekinlik bilan normallashadi. Qon ham bir necha hafta, hatto oylar davomida normallashadi.
Asoratlari orasida otit, pnevmoniya, stomatit va boshqalar katta ahamiyatga egadir. Ba’zan nevritlar, gemolitik anemiya, hatto taloqning yorilishi kuzatiladi.
Tashxisi. Infeksion mononukleoz tashxisi ko‘p hollarda qi- yinchilik tug‘dirmaydi. Isitma, tonzillit, limfatik tugunlar, jigar va taloqning kattalashishi klinik tashxis qo‘yish uchun yetarlidir. Uning yana bir tasdig‘i gematologik o‘zgarishlardir.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin