E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə109/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai uy parrandalari hamda yovvoyi qushlar hisoblanadi. Uy (ayniqsa, o‘rdaklar va kurka) va xona qushlari (to‘tilar, mayda sayroqi qushlar) katta epidemiologik ahamiyatga ega. Qushlar qo‘zg‘atuvchilarni fekaliyalari (ekskre- mentlari) va burun shillig‘i orqali ajratib chiqaradi. Qushlardan kasallik odamlarga ular bilan juda yaqin aloqada bo‘lganda, asosan havo-chang yoki havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Ayrim hollarda kasallik ovqatga tuxumni yetarlicha termik ishlov bermasdan ishlat- ganda yoki qo‘llar qushlarning fekaliyalari bilan ifloslanganda og‘iz orqali ham yuqishi mumkin. Ko‘pincha parrandachilik xo‘jaliklari ishchilari va kaptarlar hamda sayroqi qushlarni doimiy parvarishlab yuruvchilar bu kasallik bilan og‘riydilar. Qushlarda ovqat yemaslik, konyunktivit, ko‘z yiringlashi va ich ketishi kasallik belgilari hisoblanadi. Kundalik turmushda infeksiya yuqqan vaqtda kasallik ko‘pincha sporadik holatda uchraydi, ayrim hollarda oilaviy tarqa- lishlar ham ma’lum. Kasallik ko‘pincha yilning sovuq paytida uchraydi. Sog‘ odamga bemordan kasallik yuqmaydi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Odam organizmiga qo‘z- g‘atuvchi asosan nafas a’zolari shilliq qavatlari orqali kiradi. Aerogen yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi mayda bronxlar va bronxiolalar epiteliysiga tushib, so‘ngra esa oraliq to‘qimaga o‘tadi va u yerda ko‘payib rivojlanadi. Keyinchalik xlamidiylar qonga tushadi va umumiy intoksikatsiya belgilari vujudga keladi. Gematogen yo‘l bilan qo‘z- g‘atuvchi organizm bo‘ylab tarqaladi va turli a’zolarda ushlanadi, bunda ko‘pincha jigar, yurak mushaklari, nerv sistemasi va buyrak usti bezlari zararlanadi.
Patologoanatomik tekshirishda kataral traxeobronxit belgilari namoyon bo‘ladi. O‘pkada pnevmoniya va atelektaz sohalari aniq­lanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringli traxeobronxit va yirik o‘choqli yoki lobar pnevmoniya kuzatiladi. Boshqa ichki a’zolarda to‘laqonlilik, shish, distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda nekrozlar uchraydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin