33 yoshdagi E. ismli bemor kasallikning 3-kuni shifoxonaga murojaat qildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: eti uvushib, tez orada tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Kuchli bosh og‘rig‘i, aksa urish, burundan suv kelishi, ko‘zdan yosh oqishi, quruq yo‘tal hamda bo‘g‘im va mushaklarning qaqshab og‘rishi bemorni shifoxonaga murojaat qilishga majbur qilgan. Tekshirib ko‘rilganda yuz terisi qizargan, nafas olish tezlashgan, o‘pkada quruq xirillashlar eshitiladi. Qorin yumshoq, og‘rimaydi, jigar va taloq kattalash- magan. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?
Tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?
Bu kasallik yuqmasligi uchun nimalar qilish zarur?
Bunday bemorlar qanday parvarish qilinadi? masala
Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasiga Sh. ismli 6 yoshdagi bolani olib kelishdi. Onasining aytishicha, kasallik o‘tkir boshlangan, tana harorati 38°C gacha ko‘tarilgan, yutinganda og‘riq kuzatilgan. Tekshirib ko‘rilganda bodomsimon bezlarda orolchalar shaklida va aniq chegaralangan, bezlardan ko‘tarilib turgan parda aniqlandi. Bo‘yinning ustki qismida limfatik tugunlar kattalashgan va paypaslaganda ozroq og‘riq seziladi. Qaysi kasallikka gumon qilish mumkin?
Tashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkazilishi shart?
3-masala Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 44 yoshdagi bemor yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan. Kasallik boshlanishida et uvushgan va tez orada tana harorati 40°Cgacha ko‘tarilgan. Bunga chidab bo‘lmaydigan darajadagi bosh og‘rig‘i qo‘shilgan va tana holatini o‘zgartirganda ham og‘riq yanada kuchaygan. Bemorning ko‘ngli aynimasdan qusa boshlagan va bundan bemor yengillik sezmagan, aksincha ahvoli og‘irlasha borgan. Bemorni ko‘zdan kechirganda ensa mushaklari rigidligi kuzatilgan. Lumbal punksiya qilinganda suyuqlik bosim bilan loyqa ko‘rinishda otilib chiqadi. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?
Bu kasallik qanday yo‘l bilan yuqadi?
Bunday bemorlarni parvarish qilish haqida gapirib bering.
4-masala Shifoxonaga S. ismli 42 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘ir. Aniqlanishicha, kasallik to‘satdan boshlangan va tez rivojlangan. Et uvushib, kuchli bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Tana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Tez orada tanada ko‘plab toshmalar paydo bo‘lgan. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, terida yulduzsimon shaklda toshmalar aniqlangan. Toshmalar petexiyalar va yirik (2—4 sm diametrda) qon quyilishlar shaklida ham uchraydi. Terida (ayniqsa barmoq uchlarida) nekrozga xos o‘zgarishlar ham kuzatildi. Puls tezlashgan, arterial bosim pasaygan. Nafas yetishmovchiligi va sianoz mavjud. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?
Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?
Bunday bemorlarni parvarish qilish haqida gapirib bering.
III. QON (TRANSMISSIV) INFEKSIYALARI Qon (transmissiv) infeksiyalarining (transmissio — o‘tish, yuqish) asosiy xususiyati — bu ularning bemorlardan sog‘lom kishilarga qon so‘ruvchi parazitlar (bitlar, burgalar, iskabtoparlar, chivinlar, kanalar) orqali o‘tishidir. Bunda u albatta teri orqali umumiy qon oqimiga tushadi. Bunday yuqish mexanizmi bu guruh yuqumli kasalliklarning qator xususiyatlarini belgilaydi va ular fanda «qon» infeksiyalari deb yuritiladi. Infeksiya qo‘zg‘atuvchilari turli mikroorganizmlar: rikketsiyalar, spiroxetalar, viruslar va sodda organizmlar bo‘lishi mumkin. Qo‘z- g‘atuvchi tarqatuvchi organizmida ko‘payadi. Masalan, toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan Provaseka rikketsiyalari bitlardagi ichak devorining epitelial hujaylarida bo‘linish orqali, bezgak plazmodiylari esa tarqatuvchisi bo‘lgan anofeles chivini organizmida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ayrim qon (transmissiv) infeksiyalariga tabiiy o‘choqlilik xarak- terlidir, ya’ni ular ayrim geografik o‘choqlardagina tarqalish xususiyatiga ega. Bu tarqatuvchining biologik xususiyatlariga bog‘liq, chunki ularning hayot faoliyati ma’lum tabiiy sharoitlardagina normal kechishi mumkin. Qator yuqumli kasalliklar (toshmali tif, endemik, yoki kala- mushdan yuqadigan rikketsiozlar va b.) rikketsiozlar guruhiga kiradi. Bu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari — rikketsiyalarning farqli xususiyatlari ularning sun’iy oziq muhitlarida o‘smasligidir, ya’ni ular viruslar singari hujayra ichida parazitlik qiladi. Bunda qon kapillarlari endoteliysida xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi. Odam rikketsiyalarni asosan qon so‘ruvchi hasharotlar (bitlar, burgalar, kanalar) orqali yuqtirib oladi. Rikketsiyalar ularning (bitlar, burgalar) najaslari yoki so‘lak bezlari sekretlari (kanalar) orqali tashqariga chiqadi. Birinchi holatda kasallik bitlar va burgalar fekaliyalarida bo‘lgan rikketsiyalarning yaralar yoki terining tir- nalgan joylariga tushishi, ikkinchi holatda esa — kanalar chaqishi, ba’zi hollarda hayvonlarning ajratmalari orqali yuqishi mumkin. Kalamushlardan yuqadigan toshmali tif kalamushlar siydigi orqali, Ku-isitma — zararlangan shoxli hayvonlarning suti va siydigi orqali yuqadi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) parenteral yuqish mexanizmi bo‘yicha mazkur guruhga kiritildi. Bundan tashqari kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi ham asosiy yuqish yo‘llaridan biri hisoblanadi. OITS ning qon so‘ruvchi parazitlar orqali tarqalishi aniqlanmagan. Toshmali tif (typhus exanthematicus)