E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə12/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Dezinfeksiya — bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof- muhitda yo‘qotish. Dezinfeksiya o‘choqli va profilaktik bo‘ladi.
O‘choqli dezinfeksiya epidemik o‘choqlarda — xonadon, yotoq- xona, davolash-profilaktika muassasalari va hokazo joylarda o‘t- kaziladi. O‘tkazilish sharoiti bo‘yicha joriy va yakunlovchi dezin­feksiya farqlanadi. J o r i y d e z i n f e k s i ya o‘choqda infeksiya manbaidan tashqi muhitga ajralib chiqqan qo‘zg‘atuvchilarni zudlik bilan yo‘q qilish maqsadida bir necha bor o‘tkaziladi. Birinchi navbatda organizmdan ajralgan ajratmalar dezinfeksiya qilinadi. Joriy dezinfeksiyaga binolarni muntazam ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida namlab artish, sovunlab yuvish, o‘yin- choqlarni, idish-tovoqlarni, choyshablarni qaynatish va boshqalar kiradi. Havo-tomchi infeksiyalarini yo‘qotishda bemorlar yotgan xonalarni kvars lampalari yordamida nurlantirish dezinfeksiyaning samarali usullaridan hisoblanadi. Havo-tomchi infeksiyasi bo‘lim- larida tibbiy xodimlar dokadan niqob-respiratorlar taqishlari zarur. Yakunlovchi dezinfeksiya o‘choqda (odatda bir marta) infeksiya manbai yo‘qolgandan keyin (shifoxonaga yot- qizish, sog‘ayib shifoxonadan chiqish, boshqa joyga ko‘chirish yoki o‘lganda) o‘tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiyaning vazifasi joriy dezinfeksiyadan keyin qolgan qo‘zg‘atuvchilarni batamom yo‘- qotishdir.
Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasalliklar bo‘lish-bo‘lmas- ligidan qat’i nazar, tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘z- g‘atuvchilarining paydo bo‘lishi va ularning tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi (xonalarni shamollatish, namli artish, ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish).
Dezinfeksiya o‘tkazishda yuqumsizlantirishning fizikaviy va kimyoviy vositalari qo‘llanadi.
Dezinfeksiyaning fizikaviy vositalari. Fizikaviy vositalarga mexa- nik, termik va nur vositalari kiradi. Mexanik vositalar — bular tozalash, artish, yuvish va boshqalardir. Bu vositalar orqali ko‘p narsalar va ularning yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga, ancha mikroorganizmlardan ham xalos qilinadi. Masalan, chang- yutgich yordamida chang bilan birga 98 % gacha mikroblar yo‘q qilinadi. Binoni 15 minut davomida shamollatganda havoda mikro-
organizmlar soni keskin kamayadi. 30 minutdan keyin esa deyarli qolmaydi, chunki bino havosi patogen mikroblarga ega bo‘lmagan tashqi havo bilan to‘liq almashadi. Termik va nur vositalari — bular yuqori va past haroratdan foydalanish, har xil bakterisid (lotincha caedo — o‘ldirish) nurlar bilan nurlantirish, ultratovush ta’siri va hokazolardir. Bular ma’lum parametrlarda bakterisid ta’sir ko‘r- satadi. I s s i q h a v o havoli sterilizatorlarda va boshqa apparatlarda laboratoriya idishlari va instrumentlarini zararsizlantirishda qo‘lla- niladi. Uzoq vaqt to‘qima (mato)larni dazmollaganda mikroorga- nizmlarning vegetativ shakllari hamda bitlar nobud bo‘ladi. Yuvish vositalari eritilgan issiq suv mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun kir yuvishda va tozalashda ishlatiladi. Idishlar, bemorlarni parvarish qilish buyumlari, choyshablar va o‘yinchoqlar zararsizlantirish uchun qaynatiladi. Suv bug‘laridan dezinfeksiyalash kameralarida kiyimlar, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlarni zarar- sizlantirishda foydalaniladi. Quyosh hamda ultrabinafsha nurlari havo va yuzalardagi bakteriyalarni kamaytirish maqsadida qo‘l- laniladi. Qog‘oz, latta, yaroqsiz o‘yinchoqlar, ovqat qoldiqlari va ajratmalar maxsus pechlarda, olovda kuydirish orqali zarar- sizlantiriladi. Ko‘pgina patogen mikroorganizmlar uzoq muddatli quritish natijasida nobud bo‘ladi.
Dezinfeksiya formalinli dezinfeksiyalash kameralarida ham o‘tkazilishi mumkin (5—6-rasmlar).
D


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin