Nazorat savollari Chivindan yuqadigan ensefalitning rivojlanish mexanizmi qanday?
Chivindan yuqadigan ensefalitda nerv sistemasida qanday patomorfologik o‘zgarishlar kuzatiladi?
Chivindan yuqadigan ensefalitda qanday klinik belgilar uch- raydi?
Chivindan yuqadigan ensefalit bilan og‘rigan bemorlarni davolashni gapirib bering.
Chivindan yuqadigan ensefalit o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (AIDS) OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi — XX asrning virus qo‘zg‘atadigan fojiali yuqumli kasalliklaridan biri bo‘lib, immun javob rivojlanishida markaziy rol o‘ynaydigan T-limfositlarni zararlaydi va natijada bemorlarda chuqur immun yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kasallik qo‘shimcha o‘tkir infeksiyalar yoki o‘smalar rivojlanishi bilan ifodalanadi. Birinchi marta OITS 1981-yilda Amerikada qayd qilingan. Immu- niteti susaygan, keyinchalik gomoseksualligi aniqlangan bir qancha kishilarda Kaposhi sarkomasi (xavHi o‘sma — rak) va pnevmosistalar qo‘zg‘atadigan pnevmoniya qayd etilgan. Ma’lumki, pnevmosista pnevmoniya immun sistemaning juda chuqur izdan chiqishini bildiradi. Buning sababi va tarqalish yo‘llari aniqlanmagan. Bugungi kunda OITS virusi deb tan olingan virus faqat 1983- yilda Parijdagi Paster institutining olimlari Barre-Sinussi va Montane hamda ularning hamkasblari tomonidan aniqlandi, 1984-yilda esa AQSh da professor Robert Gallo bularga bog‘liq bo‘lmagan holda mazkur kasallik etiologiyasini aniqladi. Shuning uchun uni har xil nomlar bilan ataganlar. Hozirgi kunda u odam immunotanqisligi virusi (OIV) deb nomlanadi. Keyinchalik bu virusning yangi turi — OIV-2 ajratib olindi. Hozirgi kunda birinchi OITS 70-yillarning oxirida Markaziy Afrikada kuzatilgan degan e’tiroflar paydo bo‘la boshladi. Qator Afrika mamlakatlaridagi epidemiologik ma’lumotlar shuni ko‘r- satadiki, ma’lum guruhlarda infeksiya yuqtirganlar foizi juda yuqori: fohishalar orasida 80—90%, venerologik bo‘limlarga tashrif buyur- gan bemorlar orasida 30%ni tashkil qiladi. Etiologiyasi.OITS qo‘zg‘atuvchisi — OITV — retroviruslar, ya’ni geni odam geniga joylasha oladigan viruslar guruhiga kiradi. Virus RNK ga ega, murakkab tuzilgan bo‘lib, 9 ta asosiy antigenlari mavjud. Antigenlar ularning og‘irligiga mos keladigan va kilo- daltonlar (1 dalton vodorodning 1 molekulasi og‘irligiga teng) bilan ifodalanadigan raqamlar bilan yoziladi. Antigenlari 3 guruhga bo‘linadi: 1. Yuza antigenlar — dr. 160, dr. 120 va dr. 41. 2. Ichki antigenlar — R.55, 24, 18. 3. Polimeraz antigenlar — R.66, 51, 31. Dr.120 antigen virus yuzasida tikan shaklida bo‘rtib turadi va infeksiya rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Chunki, virus o‘zi rivojlanadigan hujayralar yuzasiga xuddi mana shu dr. 120 antigeni bilan birikadi. Epidemiologiyasi.Infeksiya manbai bemorlar va virus tashib yuruvchilardir. Virus urug‘ suyuqligi, qindan ajralgan ajratmalar, limfositlar, qon plazmasi, orqa miya suyuqligi, ko‘z yoshi, so‘lak, siydik va ona suti orqali ajralib chiqishi mumkin. Asosiy yuqumli materiallar — bu sperma va qon hisoblanadi. Infeksiya uch xil yo‘l bilan yuqadi: jinsiy (seksual), parenteral va vertikal. Odam asosan ko‘pchilik hollarda infeksiya yuqtirgan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganda (gomoseksualistlar katta xavfga ega) kasallik yuqtiradi. OIV erkaklardan ayollarga o‘tgani kabi ayollardan ham erkaklarga o‘tadi. Virusning keyingi yuqish yo‘li parenteral yo‘l hisoblanadi, ya’ni kasallik qon va qon mahsulotlarini quyish, donor a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish, xirurgik operatsiyalar, stomatologik muolajalar va infeksiya yuqqan (nosteril) igna va shprislarni qo‘llagan (ayniqsa giyohvandlar)da yuqadi. Bundan tashqari, virus umumiy asboblar ishlatiladigan va boshqa muolajalar, ya’ni quloq teshishlar, tatui- rovka (teri ostiga rang o‘tkazib badanga naqsh tushirish), manikur va boshqa teri butunligini buzadigan muolajalar sababli ham odamga o‘tadi. Virus onadan bolaga odatda homila bachadondaligidayoq (homi- ladorlik vaqtida) yoki tug‘ilish vaqtida o‘tadi. Tibbiyot xodimi ignalar bilan jarohatlanganda yoki teri va shilliq pardalarga infeksiyasi bo‘lgan qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklari tushganda ham o‘tadi. Virus ko‘z, og‘iz shilliq pardalari hamda kesilishlar, yorilishlar, tirnalishlar yoki dermatitlar bilan zararlangan teriga tushishi orqali ham yuqishi mumkin. Virusning so‘lak (o‘pishish) orqali tarqalishi haqida ma’lumotlar yo‘q. U maishiy aloqada bo‘lganda yuqmaydi. Shu bilan birga chivin, bit yoki burgalar virusni yuqtirishi mumkin, degan taxminlarga asos yo‘q. Basseynda yoki umumiy oshxona buyumlari, idish-tovoqlar orqali yoki bir xonada odatdagicha yashaganda kasallik yuqmaydi. Kasallanish mavsumiyligi yashirin davrning juda uzoq vaqt davom etishi tufayli hozircha aniqlanmagan hamda kasallik yuqtirgan vaqtni klinik belgilar juda sekin rivojlanishi tufayli aniqlashning imkoni yo‘q. OITS bilan kasallanish yoshga bevosita bog‘liq: asosan o‘sib borayotgan kishilar ko‘p kasallanadilar. Erkaklarda kasallanish nisbatan ko‘proq uchrasa-da, keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, OITS bilan kasallanishning erkaklar va ayollarda ham deyarli bir xil uchrashi kuzatilmoqda. Patogenezi va patologik anatomiyasi.Virus odam organizmiga kirganda mazkur virusga qarshi antitelo ishlab chiqiladi va qisqa muddatdan so‘ng virus qonda deyarli uchramaydi. Uning arzimagan miqdordagi qismi o‘ta sezgir usullar bilangina aniqlanishi mumkin. Odam deyarli sog‘ayadi va uzoq latent davr boshlanadi, u yillab davom etadi. Bu vaqtda virus odam hujayralaridagi DNK zanjirini buzib, DNK-gibrid hosil bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan keyin virus DNK si odam DNK sidan ajraladi va immun hujayralariga ta’sir qila boshlaydi. Immun sistema organizmning turli xil agentlardan himoya qilinishini ta’minlaydigan muhim sistema hisoblanadi. Bu sistemani limfoid to‘qima ta’minlaydi. Immun sistemaning markaziy hujay- ralari limfositlar hisoblanadi. OITS da asosan organizmning immun sistemasini boshqaradigan T-limfositlar zararlanadi. Bu hujayralarda virus oson ko‘payadi va ularni parchalaydi. T- limfositlar juda sekin kamayadi. Bu jarayon uzoq yillarga cho‘ziladi. Infeksiya boshlanishida nobud bo‘lgan limfositlar o‘rni yangi limfositlar bilan to‘ladi, ammo immun sistema asta-sekinlik bilan holdan toyadi va qaysidir bosqichda o‘lgan limfositlar soni hosil bo‘lgan limfositlar sonidan orta boradi. Demak, kasallikning oxirida immunitet tanqisligi rivojlanadi, ya’ni organizm immuniteti keskin pasayadi. Barcha a’zo va sistemalarda turli xil patologoanatomik o‘zgarishlar kuzatiladi. To‘qimalarda degenerativ va destruktiv o‘zgarishlar, ichki a’zolarga qon quyilishlar aniqlanadi. Limfoadenopatiyada parchalanib ketgan hujayralarga ega bo‘lgan ko‘plab kattalashgan follikulalar uchraydi. Keyingi bosqichlarda follikulalarning normal tuzilishi yo‘qoladi, hujayralar esa kamayib ketadi. Miyadagi qorin- chalar va po‘stloq egatchalari kengayadi (po‘stloq to‘qimasi atro- fiyaga uchraydi). Klinikasi. Yashirin davri 2—6 haftadan 5 yilgacha va undan ham ortiq davom etadi. Boshlanish davri odatda belgilarsiz o‘tadi va 6 oygacha davom etishi mumkin. Belgilar paydo bo‘lgan vaqtda ular nospetsifik xarakterga ega bo‘ladi. Bemorda isitma ko‘tariladi, u holsizlanadi, tomoq katari, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Bemor ichi ketadi va tana vazni kamayadi. Kasallikning o‘tkir davrida, ayrim vaqtlarda o‘tkir ensefalopatiya, o‘tkir meningit uchraydi. Agar isitma yoki ich ketishi tanaffussiz bir oydan ko‘p davom etsa yoki tana vazni 10% gacha kamaysa, bunga alohida e’tibor berish lozim. Hozirgi vaqtda OITS ning V.V.Pokrovskiy tomonidan taklif etilgan klassifikatsiyasi qo‘llanadi. Bu klassifikatsiyaga asosan OITS da quyidagi davrlar farqlanadi: davr — inkubatsiya davri
davr — birlamchi belgilarning o‘tkir davri: o‘tkir isitma
simptomsiz bosqich
persistirlanuvchi tarqalgan bosqich,
limfoadenopatiya davr — ikkilamchi belgilar davri: tana vaznining 10% gacha kamayishi, teri va shilliq parda- larning yuza, bakterial, zamburug‘li va virusli zararlanishlari, temiratki, qaytalama faringitlar, sinusitlar;
tana vaznining 10% dan ortiq progressiv kamayishi, sababsiz isitma, 1 oydan ortiq davom etadigan ich ketishi, til leykoplakiyasi, o‘pka sili, ichki a’zolarning qaytalama va turg‘un bakterial, virusli, zamburug‘li va protozoy zararlanishlari, temiratki, Kaposhi sarko- masining tarqalmagan turi;
tarqalgan bakterial, virusli, protozoy, zamburug‘li, parazitar kasalliklar, pnevmosist pnevmoniya, qizilo‘ngach kandidozi, atipik mikobakterioz, disseminatsiyalangan Kaposhi sarkomasi, markaziy nerv sistemasining zararlanishi. davr — terminal davr.
Kasallikning butun klinik ko‘rinishlarini ikkita guruhga bo‘lish mumkin — o‘smalar va opportunistik infeksiyalar. Surunkali OIV infeksiyasining odatdagi ko‘rinishlaridan biri — bu limfoadenopatiyadir. Agar limfatik tugunlar 3 oy va undan ortiq vaqt davomida kattalashgan holda bo‘lsa, albatta OITS ga tekshirish zarur. Ular odatda asimmetrik ravishda kattalashadi, qattiqroq konsistensiyaga ega bo‘ladi, diametri 5—6 sm gacha yetadi, ko‘pincha og‘rimaydi va isitma, tunda terlash, tana vaznining kamayishi va boshqalar bilan birga kechadi. Ko‘pincha bo‘yin, qo‘ltiq osti, jag‘ osti, o‘mrov osti va tirsak limfatik tugunlari kattalashadi. Bemor- larning uchdan bir qismida splenomegaliya kuzatiladi. Kaposhi sarkomasi eng keng tarqalgan va birinchi bo‘lib yozilgan belgidir. Ko‘pchilik bemorlarda avval pnevmoniya, undan keyin boshqa qo‘shimcha infeksiyalar va Kaposhi sarkomasi paydo bo‘ladi. OITS bilan kasallangan bemorlarda Kaposhi sarkomasi o‘chog‘i odatda ko‘p bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi ko‘payib rivojlanadi va terining hamma joyida hamda ichki a’zolarda uchrashi mumkin. Kaposhi sarkomasi vaskular o‘sma bo‘lib, asosan u yosh erkaklar — gomoseksualist- larda uchraydi. Bu o‘sma OITS bilan og‘rigan har uchinchi yoki to‘rtinchi gomoseksualistda aniqlanadi. U odatda opportunistik infeksiya rivojlanishi bilan birga paydo bo‘ladi. Terida to‘q-qizil yoki binafsha rangda katta bo‘lmagan o‘sma vujudga keladi, u ko‘tarilgan (bo‘rtgan) qattiq konsistensiyali og‘rimaydigan tugunlardan iborat bo‘ladi (38-rasm). Ko‘pincha Kaposhi sarkomasi bemorlar hayoti uchun bevosita xavf tug‘dirmaydi, bemorlar odatda immunitet tanqisligidan o‘ladilar. Juda kam hollardagina qorin bo‘shlig‘i a’zolari va o‘pkada jiddiy o‘zgarishlar va bemor hayoti uchun xavfli bo‘lgan qon ketishlar kuzatilishi mum- kin. X avfli limfomalar tarqalishi bo‘yicha Kaposhi sarkomasi- dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Limfomatoz infil- tratsiya limfatik tugunlardan chekkada, ayniqsa markaziy nerv sistemasi, ilik, oshqozon -ichak yo‘llari (bunga to‘g‘ri ichak ham qo‘shilishi mumkin) hamda teri shilliq qavatlarida uchraydi. OITS da xavfli limfoma oqibati yomon. Bunda kimyoterapiyadan keyingi residivlar soni yuqori bo‘lib, bemor o‘rtacha bir yil ham yashamasligi mumkin. Organizm zararlanishini shartli ravishda 4 ta turga bo‘lish mum- kin: O‘pka turi — pnevmoniya rivojlanishi bilan xarakter- lanadi. Odatda bemorlar uzoq vaqt davom etadigan nafas siqishi va quruq yo‘taldan shikoyat qiladilar. Chuqur nafas ola olmaslik ham tipik belgi hisoblanadi. Nafas a’zolari bakterial, virusli va zamburug‘li tabiatga ega bo‘lishi mumkin.
Oshqozon-ichak varianti — oshqozon-ichak yo‘llari zararlanganida sodda organizmlar, viruslar, zamburug‘lar va bakteriyalar etiologik omillar bo‘lishi mumkin. Mazkur sistema zararlanishining eng dastlabki va xarakterli belgisi — ich ketishi (Slim kasalligi) hisoblanadi. Bunda davolanishdan keyin samara bo‘lmaydi. Ich (diareya) kuchli og‘riq bilan ketadi, bir vaqtning o‘zida tana vazni ham kamayadi. Najas bu vaqtda suyuq yoki suvday bo‘lishi mumkin. Mazkur holat bir oydan ortiq davom etadi. Ko‘pchilik bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i sohasida kandidoz kuzatiladi, u belgilarsiz yoki og‘iz bo‘shlig‘ida yoqimsiz hid paydo bo‘lishi bilan kechishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kandidoz — hali bu OITS emas, lekin uning mavjudligi kelajakda OITS rivojlanishi ehtimoli borligini ko‘rsatadi. OITS bemorlarda isitma, qorinda og‘riq, jigar kattalashishi (gepatomegaliya) va mazkur a’zoning funksional sinamalarida o‘zgarishlar kuzatilishi bilan kechishi mumkin.
Serebrospinal turi — nerv sistemasining zararlanishi bilan kechadi (ensefalitlar, meningoensefalitlar, menin- gitlar, abssesslar, bosh miya o‘smalari, periferik nerv sistemasi kasalliklari — periferik nevritlar, radikulitlar va b.). Zararlanishning bu turida karaxtlik, ongning buzilishi, yuqori harorat, kuchli holsizlik, siydik tuta olmaslik va boshqa simptomlar kuzatiladi. Miyacha zararlanganda muvozanat saqlash buziladi. Bosh miya abssessi talvasa, es-hush buzilishi va gemiparezga sabab bo‘ladi. Meningitda barcha bemorlarda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘likdan qo‘rqish va ensa mushaklari rigidligi kuzatiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etadigan omillar sodda orga- nizmlar, viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar bo‘lishi mumkin.
Teri va og‘iz bo‘shlig‘i turi — virus yuqtir- gan bemorlarda teri va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘zgarishlar ko‘p uchraydi. Dermatomikozlar va temiratki terming o‘ziga xos zararlanishlaridan hisoblanadi.
Seboreyali dermatit ham ko‘p kuzatiladigan belgilardandir. Odatda u yuzda va bosh terisida ko‘chib tushadigan qizil toshmalar tarzida uchraydi, ammo toshmalar butun tana bo‘ylab tarqalib ketishi mumkin. Residivlanuvchi perianal yoki genital gerpes odatda juda og‘ir kechadi va residivlar tez-tez va uzoq vaqt davom etadi. O g‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi tish kariyesi, tish abssesslari, yaralar (aftoz, gerpetik, bakterial), kan- didozlar va boshqa kasalliklar tarzida uchraydi (39—40-rasmlar). Kasallikning tarqalgan shakllari- dan biri — leykoplakiyadir. Leykop- lakiya faqat OITS bilan og‘rigan be- morlardagina kuzatiladi. U asosan til va lunjning yon tomonlarida so‘gal- simon toshmalar shaklida uchraydi. Bu kasallikning sabablari aniq emas, lekin elektron mikroskopiya yor- damida virusli etiologiya e’tirof etil- 39-rasm. OITS: og‘izda moqda. Til odatda og‘rimaydi, lekin psevdamembranoz kandidoz. uning ko‘rinishi juda xunuk bo‘la- di, bu esa ko‘pchilik bemorlarni xavotirga soladi (41-rasm). B