E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Qon (transmissiv) infeksiyalari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə134/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Qon (transmissiv) infeksiyalari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. Toshmali tif hayvonlardan yuqishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Ku-isitma qo‘zg‘atuvchisi teri orqali organizmga tushishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Gemorragik isitmalar bitlar orqali yuqishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. OITS o‘pishganda yuqadimi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Qon (transmissiv) infeksiyalariga qanday kasalliklar kiradi? A) vabo, gripp; B) toshmali tif, Ku-isitma; C) gemorragik

isitmalar, pappatachi isitmasi; D) chinchechak, qoqshol; E) B va C.

  1. Toshmali tif kasalligining qo‘zg‘atuvchilarini ko‘rsating:

A) bakteriyalar; B) viruslar; C) rikketsiyalar; D) sodda orga- nizmlar; E) A va C.

  1. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozning infeksiya manbai nima?

A) tulkilar, itlar; B) kalamushlar, sichqonlar; C) sichqonlar, kanalar; D) bo‘rilar, itlar; E) parrandalar.

  1. Ku-isitma kasalligida toshmalar qanday xarakterda bo‘ladi?

A) rozeola; B) petexiya; C) eritema; D) pustula; E) odatda
toshmalar kuzatilmaydi.

  1. Necha xil gemorragik isitmalar farqlanadi?

A) 5 xil; B) 8 xil; C) 2 xil; D) 3 xil; E) 4 xil.

  1. Sariqlik isitma profilaktikasi uchun tirik vaksina qanday qo‘llanadi?

A) 1:100 nisbatda mushak orasiga 0,5 ml; B) 1:10 nisbatda venaga 1,0 ml; C) 1:100 nisbatda teri ostiga 1,0 ml; D) 1:10 nisbatda mushak orasiga 2,0 ml; E) 1:10 nisbatda teri ostiga 0,5 ml.

  1. Sariq isitmada vaksinadan keyin hosil bo‘lgan immunitet qancha vaqt saqlanadi?

A) umr bo‘yi; B) 6 yilgacha; C) 6 oygacha; D) 1 yilgacha; E) 2 yilgacha.

  1. Pappatachi isitmasida kuzatiladigan Taussig simptomini ko‘rsating:

A) ko‘z olmasi bosilsa og‘riydi; B) ko‘krak sohasida ko‘karish;

  1. uchburchak shaklida toshmalar; D) ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘ri- nish; E) B va C.

  1. «Boshning osilib turishi» simptomi qanday kasallik uchun

xos?

  1. kanadan yuqadigan ensefalit; B) chivindan yuqadigan ensefalit;

  1. meningokokkli meningit; D) o‘lat; E) A va B.

  1. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) qo‘z- g‘atuvchisi nima?

A) zamburug‘lar; B) bakteriyalar; C) sodda organizmlar; D) viruslar; E) rikketsiyalar.

  1. OITSning asosiy yuqish yo‘llarini ko‘rsating:

A) o‘pishish, jinsiy aloqa; B) jinsiy aloqa, qon orqali; C) salomlashish, birga ovqatlanish; D) havo orqali, pashsha chaq- qanda; E) barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. OITSdan darak beruvchi simptomlarni ko‘rsating:

A) ozib (oriqlab) ketish; B) uzoq davom etuvchi isitma; C) uzoq cho‘ziluvchi diareya (ich ketishi); D) kechalari ko‘p terlash; E) barchasi to‘g‘ri.

  1. OITS kasalligida asosan qaysi hujayralar zararlanadi?

A) eritrositlar; B) trombositlar; C) T-limfositlar; D) B- limfositlar; E) A va B.

  1. OITSda yashirin davr (minimal va maksimal davri) qancha vaqt davom etishi mumkin?

  1. 2—6 haftadan 5 yilgacha; B) 3—5 kundan 6 oygacha; C) bir necha soatdan 3 kungacha; D) 6 oydan 1 yilgacha; E) 3 kundan 1 oygacha.

  1. Kanadan yuqadigan ensefalit

  1. iskabtoparlar orqali transmissiv yuqadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, qisqa muddatli isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, kon- yunktivit, skleraning o‘ziga xos inyeksiyasi (Pik simptomi kuza­tiladi);

  2. o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, bosh miya va orqa miya kulrang moddasining zararlanishi bilan xarakterlanadi hamda parezlar va falajlanishlarga sabab bo‘ladi;

  3. o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, transmissiv yo‘l bilan o‘tadi va ikki bosqichli isitma reaksiyasi, organizm intoksikatsiyasi, teri qoplamlari sariqligi, gemorragik toshmalar bilan kechadi (sariqlik xarakterli belgisi hisoblanadi);

  4. virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, toksikoz, isitma va gemorragik sindrom bilan xarakterlanadi (isitma va gemorragiya asosiy belgilaridandir);

  5. o‘tkir zoonoz rikketsioz bo‘lib, kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Muzer rikketsiyalari hisoblanadi, baland isitma va tarqalgan rozeo- lez-papulez toshmalar bilan kechadi.

  1. Yuqumli kasalliklar

  1. OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bu

  1. bakteriya tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenopatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi;

  2. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Provaseka rikketsiyalari qo‘zg‘atadi; bemor odamdan sog‘ odamga bitlar orqali yuqadi va davrlar bilan kechishi, isitmalar kuzatilishi, tifoz holat, terida toshmalar paydo bo‘lishi, hamda nerv va yurak-qon tomirlar sistemasining o‘tkir zararlanishi bilan kechadi;

  3. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, epidemik toshmali tif residivi hisoblanadi, bir necha yillardan keyin kuzatiladi va sporadik ravishda uchraydi. Bu vaqtda bitlash hollari, infeksiya manbai va o‘chog‘i kuzatilmaydi, toshmali tifga nisbatan yengil o‘tadi;

  4. o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va o‘pkada o‘ziga xos o‘zgarishlar (atipik pnevmoniya) bilan kechadi;

  5. yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, bunda immun javob rivojlanishida markaziy rol o‘ynaydigan T-limfositlar zararlanadi va natijada bemorlarda chuqur immun yetishmovchiligi yuzaga keladi, qo‘shimcha o‘tkir infeksiya yoki o‘smalar rivojlanadi.

  1. Ku-isitma

  1. o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va o‘pkada o‘ziga xos o‘zgarishlar (atipik pnevmoniya) bilan kechadi (gueri — noaniq degani);

  2. o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, teri zararlanishi (birlamchi affekt paydo bo‘lishi), intoksikatsiya, regionar limfatik tugunlar kattalashishi va og‘rishi hamda terida toshmalar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi;

  3. spiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘tkir boshlanishi, umumiy intoksikatsiya, xurujsimon isitma, jigar va taloq kattalashishi bilan xarakterlanadi;

  4. iskabtoparlar orqali transmissiv yuqadigan o‘tkir kasallik bo‘lib, qisqa muddatli isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, konyunktivit, skleraning o‘ziga xos inyeksiyasi — Pik simptomi kuzatiladi;

  5. spiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kanalar orqali yuqadi va intoksikatsiya, tartibsiz ravishda xuruj qiladigan isitma (20 ta va undan ortiq) bilan kechadi.

  1. masala

R. ismli 39 yoshdagi bemor shifoxonaga yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: bosh og‘rig‘i, et uvushishi va tananing qaqshab og‘rishi kuzatilgan. Shundan keyin tana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan va uyqu buzilgan. Uyda o‘zi har xil preparatlarni qabul qilgan. Samara bo‘lmagandan keyin shifoxonaga olib kelishgan. Tekshirib ko‘rilganda bemor qo‘zg‘algan holatda (harakatchan, ko‘p gapiradi), yuzi shishgan, ko‘zlari yaltirab ko‘rinadi. Terisi qurigan, issiq. Kaft terisi sarg‘aygan. Teriga har xil shakl va kattalikda toshmalar toshgan. Pulsi tezlashgan va arterial bosimi pasaygan. Jigar va taloq kattalashgan. Bemorga klinik «Toshmali tif» tashxisi qo‘yilgan.

  1. Kasallik tashxisini tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?

  2. Bu kasallik asosan qanday yo‘llar bilan yuqadi?

  3. Isitmasi baland, ayniqsa qo‘zg‘alish kuzatilgan bemorlarni parvarish qilish haqida gapirib bering.

  1. masala

Shifoxonaga V. ismli 45 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemor isitmali kasalliklar bo‘yicha endemik tumanda yashaydi. Kasallik o‘tkir boshlangan, bemorning eti uvushib tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Boshining peshona sohasidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladi. Ko‘zini harakatlantirganda, mushaklarda og‘riq seziladi. Ko‘zdan kechirganda ko‘krak terisi qizargani (giperemiya) aniq- landi, konyunktivada uchburchak shaklida giperemiya kuzatiladi. Ko‘z olmasi bosib ko‘rilganda og‘riydi.

  1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

  2. Kuzatilgan belgilardan Taussig simptomi, quyosh eritemasi va Pik simptomini ko‘rsating.

  3. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?

  1. masala

J. ismli 29 yoshdagi bemor Janubiy Afrika davlatida 5 yil yashab kelgan. Hozirgi kunda uni 2 oydan beri sababsiz ich ketishi, bir oydan ziyod vaqtdan beri tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik bezovta qiladi. Tekshirib ko‘rilganda bo‘yin, jag‘ osti va qo‘ltiq limfatik tugunlari kattalashgan, paypaslaganda og‘riq sezilmaydi.

  1. Qanday kasallikka gumon qilasiz?

  2. Tashxisni aniqlash uchun qanday tekshirishlar tayinlanadi?

  3. Bu bemorlardan tekshirish materiallari olish va parvarish qilishda qanday qoidalar mavjud?

  1. masala

E. ismli bemor 26 yoshda, shikoyatlari: og‘iz bo‘shlig‘ida, badan terisida va jinsiy a’zolar atrofida toshmalar mavjudligi. Bemorda pnevmoniya belgilari aniqlandi. 1,5 oydan beri tana harorati ko‘tarilib turadi, isitma tushiruvchi preparatlar naf bermagan. Anamnezidan aniqlanishicha, gomoseksualizm bilan shug‘ullanadi. Tekshirib ko‘rilganda bo‘yin va chov limfatik tugunlari kattalashgan, paypas- laganda ozroq og‘riq seziladi. Qon tahlil qilinganda T-limfositlar miqdori kamaygan. Trombositopeniya va anemiya aniqlandi.

  1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

  2. Bu kasallik ko‘proq kimlarda uchraydi?

  3. Bunday bemorlarni parvarish qilishda nimalarga rioya qilinadi?

  1. masala

Shifoxonaga OITS kasalligiga gumon qilingan 28 yoshdagi G. ismli bemor yotqizildi. Bemordan laboratoriyada tekshirish uchun qon va boshqa materiallar olindi. Hamshira qon olish muolajasini bajara- yotgan vaqtda uning qo‘li va yuziga qon tomchilari sachradi.

  1. Bunday vaqtda hamshira qo‘l va yuz terisini qanday zarar- sizlantirishi zarur?

  2. Hamshira ko‘z va og‘iz bo‘shlig‘ini qanday tozalashi kerak?

  3. Ish stoli qanday tozalanadi?

  1. TASHQI QOPLAMLAR INFEKSIYALARI

Zararlangan (tirnalgan, shilingan mikrojarohatlar olgan) teri va shilliq pardalar orqali qo‘zg‘atuvchilarning organizmga kirishi tufayli rivojlanadigan yuqumli kasalliklar alohida guruhni tashkil qiladi.
Mazkur yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarga saramas va qoqshol misol bo‘la oladi. Teri, shilliq qavatlar va yumshoq to‘qimalar maishiy, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik yoki boshqa jarohat- lanishlar tufayli zararlanishi mumkin.
Ko‘pincha bunday kasalliklarni jarohatlar infeksiyalari deb ham yuritiladi. Odatda ular turli-tuman patogen mikroorganizmlar orqali qo‘zg‘atiladi.
Saramas (erysipelas)
Saramas — gemolitik streptokokk chaqiradigan yuqumli kasallik bo‘lib, chegaralangan va ajralib turadigan yallig‘lanish o‘chog‘ini hosil qilgan holda terining jarohatlanishi hamda umumiy intok- sikatsiya belgilari bilan kechadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — gemologik streptokokk. Step- tokokklar sharsimon shaklda bo‘lib, tashqi muhit omillariga chi­damli, lekin 56°C gacha (30 minut davomida) qizdirishga, dezin- feksiyalovchi preparatlar va antibiotiklar (penitsillin, tetrasiklin, levomitsetin va b.) ta’siriga sezgir.
Epidemiologiyasi. Steptokokkli infeksiyaning har qanday shakli (angina, skarlatina, pnevmoniya, streptodermiya va b.) bilan og‘rigan bemorlar infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida saramas bilan kasallangan bemor streptokokk etiologiyali boshqa infeksiyalar manbai ham bo‘lishi mumkin. Infeksiya strepto- kokkning zararlangan teri yoki shilliq qavatlar orqali tushishi natijasida yuqadi. Saramasga beriluvchanlik uncha yuqori emas. Bu kasallikda asosan tanlab zararlanish kuzatiladi. Masalan, ayrim kishilarda mazkur kasallikka moyillik juda yuqori bo‘lib, ular bu kasallik bilan bir necha bor kasallanadi, ko‘pchilik kishilar esa umuman kasallanmasliklari mumkin. Infeksiyaga yoshi qaytgan kishilar ko‘proq beriluvchan. Kasallanish sporadik xarakterga ega, yoz-kuz oylarida kasallanish nisbatan ko‘payadi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Kasallik teri va shilliq pardalarda kirish darvozalari (shilinish, jarohatlar, yorilishlar) bo‘lgandagina streptokokkning tashqaridan organizmga kirishi natijasida yuqadi. Bundan tashqari, organizmda ilgaridan mavjud bo‘lgan infeksiya o‘choqlarida streptokokkning tushishi natijasida ham saramas rivojlanishi mumkin. Organizmning umumiy himoya kuchi pasayganda saramasga beriluvchanlik yanada oshadi.
Streptokokklar teridagi limfatik tugunlarga kirganidan keyin unda seroz yallig‘lanish vujudga keladi (teri kapillarlari o‘tkazuvchanligi oshadi va to‘qimalarga seroz suyuqlik shimiladi). U shish, qizarish (giperemiya) va mayda o‘choqli infiltrat hosil bo‘lishi bilan xarak­terlanadi. Saramasda yallig‘lanish markazidagi suyuqlik steril bo‘lib, periferiya va hatto sog‘lom teri chekkalarida katta miqdorda strep- tokokklar aniqlanadi.
Saramasning umumiy belgilari (tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, qusish taxikardiya va b.) organizm intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi, chunki o‘choqda mikroblar nobud bo‘lishi va to‘qimalar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan toksik moddalar qonga so‘riladi va bakteremiya kuzatilishi mumkin. Saramas shilliq pardalarda, masalan, halqum va burun shilliq pardalarida ham rivojlanishi mumkin. Kasallikning flegmonoz shaklida yiringli ekssudat bilan to‘lgan katta bo‘shliqlar (abssesslar) hosil bo‘ladi. Gangrenoz shaklida terining ayrim sohalarida hujayralar nekrozga uchraydi.
Klinikasi. Yashirin davri bir necha soatlardan 6 kungacha (ko‘pin- cha 3—4 kun) cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: et uvushadi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Og‘ir holatlarda bemorlar qusishi mumkin. Kasallik boshlanganidan 10—24 soat o‘tgandan keyin yallig‘lanish belgilari paydo bo‘ladi. Avval taranglashish, achishish, zararlangan joyda biroz og‘riq, keyinchalik esa qizarish va shish kuzatiladi (45-rasm).
S

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin