Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiya Nazorat savollari Saramasda kimlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi?
Saramas kasalligida infeksiya organizmga qanday yo‘l bilan kiradi?
Saramasning eritematoz shakli haqida gapirib bering.
Kasallik residivi deganda nimani tushunasiz?
Kasallikka qanday ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yiladi?
Saramasda qanday antibiotiklar qo‘llanadi?
Bitsillinoprofilaktika haqida gapirib bering.
Qoqshol (tetanus) Qoqshol — eng og‘ir o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, organizmga zararlangan teri va ba’zan shilliq qavatlar orqali kirgan toksinlar bilan markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli yuzaga keladigan skelet mushaklarining tonik taranglashishi va keng yoyilgan talvasalar bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi.Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi Clostridium tetani dir. Qo‘zg‘atuvchi nozik tayoqcha bo‘lib, 4—8 mkm kattalikka ega. U harakatchan, 20 taga yaqin uzun xivchinlarga ega, grammusbat, anaerob, ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bu toksin nerv sistemasini zararlaydi. Tashqi muhitda qoqshol tayoqchasi tomonlarining bir uchi kengaygan holda spora hosil qiladi, uning hajmi ko‘ndalang kesimidan katta bo‘ladi va natijada unga baraban tayoqchasi shaklini beradi. Sporalar tashqi muhitning fizik va kimyoviy omillariga chidamlidir. Najasda, tuproqda, turli buyumlarda ular yillar davomida saqlanishi mumkin. Normal kislorod bilan ta’minlanishi buzilgan, ezilgan to‘qimalarga tushganidan keyin qoqshol tayoq- chalari sporasi vegetativ (tayoqchasimon) shaklga aylanadi. Epidemiologiyasi.Infeksiya manbai — hayvonlar va odam hisoblanadi, ularning ichagida qo‘zg‘atuvchi saprofit holda yashaydi va nafas bilan tashqi muhitga keng tarqaladi, (ayniqsa tuproqda). U yerda esa u spora shaklida uzoq yillar saqlanadi. Infeksiya yuqtirish va qoqshol bilan kasallanish hollari teridagi yaralar, shilinishlar va yorilishlarga qoqshol qo‘zg‘atuvchisi sporasi, ba‘zan esa tuproqdan uning vegetativ shakllari tushganda kuzatiladi. Qoqshol kasalligi bilan kasallanish jarohatlanishlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa oyoqlardagi mayda jarohatlar: oyoqyalang yurganda o‘tkir buyumlar kirib ketishi, butalardagi tikanlar sanchilishi va boshqa shunga o‘xshaganlar kasallik yuqtirishning keng tarqalgan sababchilari hisoblanadi. Kasallik kuyganda va sovuq oldirganda, tuqqanlarda (tug‘ishda yoki abort paytida bachadonning yaralangan yuzasidan) va chaqaloqlarda (kindik yo‘llari orqali aseptika qoidalariga rioya qilinmaganda) ham kuzatilishi mumkin. Patogenezi va patologik anatomiyasi.Qoqshol bakteriyalari nekroparazitlar hisoblanadi, ya’ni ular o‘lik to‘qimalarda rivojlanadi. Sporalarning vegetativ shaklga aylanishi va toksin ishlab chiqarishi uchun anaerob sharoitlar zarur, ular anaerob sharoitni yuzaga keltiradigan jarohatlar yoki aerob (yiringli) infeksiya qo‘shilishi tufayli erkin kislorod yutilishi natijasida yuzaga keladi. Qoqshol toksini kirish darvozasidan qon va periferik nervning harakatlantiruvchi tolalari orqali orqa va uzunchoq miyaga tushadi. U yerda uning ta’sirida kuchli qo‘zg‘alish kuzatiladi, bu esa talvasaga sabab bo‘ladi. Barcha turdagi tormozlanishlarning yo‘qolishi mushak- larning tonik taranglashishiga olib keladi. Nafas markazi zararlanadi. Qoqsholda o‘lim hollarining asosiy sabablari talvasa sindromi natijasidagi asfiksiya (bo‘g‘ilish), nafas yoki yurak faoliyatining falajlanishi, asoratlari (sepsis, pnevmoniya) hisoblanadi. Kasal- likdan so‘ng immunitet hosil bo‘lmaydi. Chunki toksinning antigen sifatidagi ta’siri kam, shuning uchun ham qayta kasallanishlar kuzatilishi mumkin. Patologoanatomik o‘zgarishlar asosan talvasa natijasida yuzaga keladi: nekrozlar, ayrim paytlarda esa ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarining uzilishlari va ularga qon quyilishlar, suyaklar, hatto umurtqa pog‘onasining sinishi kuzatiladi. Ichki a’zolarda talvasa vaqtida kuzatiladigan asfiksiya tufayli yuzaga keladigan distrofik o‘zgarishlar aniqlanadi. Klinikasi. Yashirin davr 3 kundan 30 kungacha (ko‘pincha 5— 14 kun) davom etadi. Infeksiyaning organizmga kirish darvozasidan to markaziy nerv sistemasigacha bo‘lgan masofa qancha yaqin bo‘lsa, yashirin davr ham shuncha qisqa davom etadi. Qoqshol og‘ir kechadi va o‘lim hollari ko‘p uchraydi. Kasallikning boshlanish davri bo‘lmasligi mumkin yoki u holsizlik, bezovtalik va qo‘zg‘alish belgilari bilan namoyon bo‘ladi.