E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə142/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Davolash. Brusellyoz bilan kasallangan bemorlar o‘tkir davrda va residiv vaqtida shifoxonaga yotqiziladi. Bu bemorlarga alohida parvarish va e’tibor zarur, chunki bu bemorlar ta’sirlanuvchan, ayrim vaqtda esa tez yig‘laydigan bo‘lib qolishadi. Ovqatlar to‘la qimmatli va turli xil bo‘lishi zarur.
Brusellyozning o‘tkir davrida levomitsetin, tetrasiklin, strep- tomitsin, monomitsin kabi antibiotiklar odatdagi miqdorda 10—15 kun davomida tayinlanadi. Kasallikning boshlarida bu antibiotiklar jarayonni to‘xtatadi, lekin residivlarning oldini olish uchun davolash kursi 10—15 kundan keyin takrorlanadi. Kechroq tashxis qo‘yilganda, davolash samarasi yetarli bo‘lmaganda davolash kursi 3 marta 10—15 kunlik interval bilan takrorlanadi. Qayta davolashlarda antibiotiklar almashtiriladi. Kasallikning o‘tkir ko‘rinishlari yo‘qol- gandan so‘ng vaksinoterapiya qo‘llanadi. Vaksinoterapiya kasallikning surunkali shakllarida asosiy davolash usullaridan hisoblanadi.
Vaksina turli yo‘llar bilan yuboriladi (teri ichiga, teri ostiga, mushak orasiga va venaga). Teri ichiga yuborganda avval vaksinaning «ishchi miqdori» tanlanadi, undan 0,1 ml yuborilganda katta bo‘lmagan giperemiya va shish shaklida mahalliy reaksiya kuzatiladi. Keyinchalik bu vaksinaning «ishchi miqdorini» navbat bilan 3, 4, 5 va hokazo joylarga, oxirgisi 10 ta inyeksiyagacha yuboriladi. Teri ostiga yuborganda vaksinaning oshib boruvchi miqdori tayinlanadi: 10—20—40—80—150—250—400—600—900 mln mikrob hujay- rasi, hammasi bo‘lib 3—4 kunlik oraliqlarda 8—10 inyeksiya qilinadi. Venaga yuborish ancha samarali, lekin vaksinadan keyingi kuza- tilishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarni hisobga olgan holda uni juda ehtiyotkorlik bilan yuborish zarur.
Artritlar, radikulitlar va boshqalarda fizioterapevtik muola- jalardan diatermiya, solluks, ultrabinafsha nurlar, parafinli appli- katsiyalar, massaj, davolash gimnastikasi hamda sanatoriy-kurort- larda davolanish buyuriladi. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun bemorlar isitma va brusellyozning boshqa o‘tkir ko‘rinishlari bo‘lmagan vaqtda hamda ular yo‘qolganidan kamida 6 oy keyingina yuboriladi. 10—12 marta sulfid vannalari buyuriladi. Muolaja vaqti

  1. 15 minutni tashkil qiladi. Muolajalar 1—2 kun oralatib o‘tka- ziladi. Buni gormonal preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin