E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə151/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Tularemiyaga epidemiologik ma’lumotlar va klinik belgilarga asosan tashxis qo‘yiladi. Qon hisobga olinadi; leykopeniya yoki leykositlarning normal miqdori, limfositoz, monositoz, ECHT ning oshishi kuzatiladi.
Tashxisni tasdiqlash uchun agglutinatsiya reaksiyasi va allergik teri sinamasi qo‘llanadi. Bakteriologik va biologik usullar katta amaliy ahamiyatga ega emas. Agglutinatsiya reaksiyasi kasallikning 2- haftasidan ijobiy bo‘ladi. Tashxis titri — 1:100 — 1:200 ga teng.
Eng sodda va erta qo‘yiladigan tashxis usullaridan biri — teri- allergik sinamasi bo‘lib, u kasallikning 4—6-kunidan boshlab ijobiy bo‘ladi. Sinama qo‘yish uchun 0,1 ml tularin teri ichiga kiritiladi. Sinama natijasi 24 va 48 soatdan keyin allergen kiritilgan joyda hosil bo‘ladigan infiltrat kattaligiga asosan baholanadi. Tularemiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tularin kiritilgan joyda terida periferik valikka ega bo‘lgan giperemiya va shish paydo bo‘ladi (2,5—3 sm dan kam bo‘lmagan kattalikda), ba’zan markazda to‘qima nekrozga uchraydi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, tularemiyaga qarshi emlangan kishilarda ijobiy reaksiya ehtimoli bo‘lishi mumkin. Ularda teri sinamasi 10—15 yillar davomida ijobiy bo‘lishi mumkin.
Davosi. Tularemiya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun tetrasiklin 0,3—0,5 g dan kuniga 4 mahal yoki levomitsetin 0,5 g dan kuniga 4 mahal berish ham samara beradi. Antibiotiklar harorat normallashgandan keyin ham 5 kungacha beriladi. Kasallik cho‘zilib ketsa antibiotiklar vaksina bilan birga qo‘llanadi. Venaga askorbinat kislota qo‘shib 5% li glukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmasi yuboriladi. Bemorlarga oksigenoterapiya va ko‘rsatma bo‘yicha yurak- tomirlar preparatlari tayinlanadi. Antigistamin preparatlar va vitaminlar buyuriladi. Ko‘z zararlanganda unga 10—15% li sulfasil- natriy eritmasi (albutsid) tomiziladi. Anginoz-bubonli shaklida — furasilin eritmasi (1:5000) bilan chayiladi. Bubonga mahalliy issiqlik qo‘yiladi. Bubon yiringlaganda u ochiladi va tetrasiklinli malham qo‘yiladi.
Bemorlar shifoxonadan kasallikning barcha klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng, tana harorati normallashgandan 2 hafta o‘tgach chiqariladilar. So‘rilmasdan qolgan og‘riqsiz bubonlarning mavjudligi bemorni shifoxonadan chiqarmaslikka sabab bo‘la olmaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin