E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə152/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kemi- ruvchilarni ommaviy qirish, ularni suv havzalari, quduqlar va oziq-ovqatlarga yaqinlashishining oldini olish muhim rol o‘ynaydi. Ochiq suv havzalaridan qaynatilmagan suvni ichish qat’iy man etiladi. Suvda yashaydigan kemiruvchilar terisini shilib olishda barcha ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. Donlarni yanchish bo‘yicha ishlaydigan kishilar qo‘lqoplar, himoya niqoblari va ko‘zoynaklar bilan ta’minlanishlari shart.
Hozirgi vaqtda spetsifik profilaktika uchun tirik tularemiya vaksinasi qo‘llanadi. Bir marta teri yuzasi yoki teri ichiga emlanadi. O‘zining kasbi yuzasidan tularemiyani yuqtirishi mumkin bo‘lgan kishi kasallikka qarshi emlanadi.
Nazorat savollari

  1. Tularemiya tayoqchalariga ta’rif bering.

  2. Sog‘lom kishiga tularemiya qanday qilib yuqishi mumkin?

  3. Kasallikning klinik shakllarini ayting va har biriga qisqacha ta’rif bering.

  4. Qanday ma’lumotlarga asosan kasallikka tashxis qo‘yiladi?

  5. Hozirgi vaqtda tularemiyaning spetsifik profilaktikasi uchun nima qo‘llanadi?

O‘lat (pestis)
O‘lat (toun) — o‘ tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intok­sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘pka zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (Yersinia pestis) — tuxum- simon shakldagi tayoqcha bo‘lib, kattaligi 0,5—1,5 mkm ga teng. U harakatchan, kapsulaga ega, spora hosil qilmaydi, grammanfiy. Odatdagi suyuq va qattiq (zich) oziq muhitlarda 25—30°C da yaxshi o‘sadi. Ekzo- va endotoksinlar hosil qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda 3 oygacha va past haroratda uzoq vaqtlargacha saqlanishi mumkin. Muzlatishga chidamli. Qaynatilganda tez nobud bo‘ladi. Odatdagi dezinfeksiyalovchi eritmalar (5% li lizol va 3% li karbol kislota eritmasi) va antibiotiklar (tetrasiklin) ta’sirida tez nobud bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin