Etiologiyasi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi — Bacillus anthracis yirik, harakatlanmaydigan tayoqcha bo‘lib, 3—10 mkm kattalikka ega. Bakteriyalar grammusbat, anilin bo‘yoqlarida yaxshi bo‘yaladi, kapsulaga ega. Har xil oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi, ekzotoksin ishlab chiqaradi. Vegetativ shakllari qizdirilganda, har xil dezin- feksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Noqulay sharoit- larda sporalar hosil qiladi. Sporalar tashqi muhitga juda chidamli (tuproqda ular 2-yilgacha saqlanishi mumkin) va faqat avtoklavda 120°C da qizdirilganda 2 soat ichida o‘ladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari penitsillindan tashqari, tetrasiklin guruhi antibiotiklari, levomit- setin va neomitsinga sezgir. Epidemiologiyasi.Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridan yirik shoxli hayvonlar, otlar, tuyalar, eshaklar, echkilar, qo‘ylar va cho‘chqalar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar hayvonlar najasi, siydigi va so‘laklari orqali ajralib chiqadi va tuproq, suv hamda ularning junlarini zararlaydi. Organizmga qo‘zg‘atuvchi teri qoplamlari va nafas hamda oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari orqali tushadi. Kasal hayvonlarni parvarish qilganda, ularni so‘yganda va go‘sht- lariga ishlov berganda hamda kuydirgi mikrobining sporalari bilan zararlangan chorvachilik mahsulotlari (terilar, junlar va hokazolar) bilan ishlaganda kasallik yuqadi. Odam kasallikni tuproq orqali ham yuqtirishi mumkin, chunki tuproqda kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi sporalari ko‘p yillar davomida saqlanishi mumkin. Odam ingalatsiya yo‘li bilan kasallikni yuqtirganda (masalan, chang zarralarini yutish orqali), kasallikning o‘pkaga xos shakli rivojlanadi, kasal hayvonlar go‘shtini iste’mol qilinganda yoki zararlangan suv ichganda kuy- dirgining ichakka xos shakli kelib chiqadi. Patogenezi va patologik anatomiyasi.Teri ko‘pincha infeksiya darvozasi hisoblanadi. Odatda qo‘zg‘atuvchi qo‘llar va bosh, ba‘zan gavda va oyoqlar terisi orqali organizmga tushadi. Ko‘pincha tananing ochiq joylari zararlanadi. Qo‘zg‘atuvchining teriga tushgan joyida nekroz, yon to‘qimalar shishi, regionar limfadenit bilan kechadigan seroz-gemorragik o‘choq shaklida kuydirgi karbunkuli yuzaga keladi. Organizm qarshiligi pasayganda kuydirgi sepsisi rivojlanadi. Birlamchi o‘choqdan qo‘zg‘atuvchi qon oqimiga tushadi (bak- teremiya) va ikkilamchi o‘zgarishlar hamda kuchli intoksikatsiyaga sabab bo‘ladi. Patologoanatomik jihatdan ichki a’zolarda kuchli giperemiya va to‘laqonlilik kuzatiladi. O‘pkada shish, miokardda o‘choqli qon quyilishlar, oshqozon va ichak shilliq qavatlarida ko‘plab gemor- ragiyalar aniqlanadi. Jigar va taloq kattalashgan, to‘q rangli qon bilan to‘lgan bo‘ladi. Miya qavatlari shishgan, ko‘plab gemor- ragiyalar qayd etiladi. Qonda, orqa miya suyuqligida, zararlangan a’zo hamda to‘qimalarda ko‘p miqdorda kuydirgi basillalari topiladi.